Ertaga XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarining so‘nggi kuni hisoblansa-da, o‘zbekistonlik para sportchilar uchun eng muhim bellashuvlar bugun bo‘lib o‘tadi.

Bugun, 7 sentyabr kuni dunyoning yetakchi para sportchilari 12 ta sport turidagi 103 ta medallar jamlanmasini qo‘lga kiritish maqsadida maydonga tushadi.

Kun davomida mamlakatimizning 15 nafar para sportchisi 6 ta sport turida to‘rt yillikning shiddatli bahslarida sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi.

Parij sport maydonlarida kechadigan bugungi musobaqalarda “Tokio-2020” Paralimpiya o‘yinlari kumush medali sohibi Roza Qo‘ziyeva, Davurxon Karomatov, bronza medalini qo‘lga kiritgan Nurxon Qurbonova, mahoratli para sportchilar Muhammad Rixsimov, Aziz Abdulhabibovlarning bellashuvlarga kirishayotgani vatanimiz sport shuhrati paralimpiya o‘yinlarida yanada sarbaland bo‘lishidan dalolat, deyish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, ortda qolgan to‘qqizinchi kungi musobaqalar sarhisobiga ko‘ra, matonatli para sportchilarimiz 9 ta oltin, 8 ta kumush, 6 ta bronza medaliga sazovor bo‘lgan holda 182 ta jamoa orasida 12-o‘rinni egallab turibdi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Parij-2024”: 15 nafar para sportchimiz medallarga da’vogarlik qiladi