Hojiakbar Alijonov bir haftaga safdan chiqdi
Tibbiy diagnostik va klinik tekshiruvlar xulosasiga koʻra, futbolchining oyogʻi boldir mushak qismida noqulaylik yuzaga kelgan.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Hojiakbar Alijonov mashgʻulotlar jarayonida jarohat oldi.
Tibbiy diagnostik va klinik tekshiruvlar xulosasiga koʻra, futbolchining oyogʻi boldir mushak qismida noqulaylik yuzaga kelgan. Alijonovning toʻliq tiklanishi uchun kamida bir hafta muddat talab etilishi maʼlum qilindi.
Ayni paytda himoyachi terma jamoa tibbiy shtabi nazorati ostida individual dastur asosida tiklanish mashgʻulotlarini olib bormoqda.