Hindistonda saylov komissiyasi rahbari iste’fosi talab qilingan norozilik namoyishi kuchaymoqda
Hindistonning Mumbay shahrida ommaviy norozilik davom etyapti.
“Reuters” axborot agentligi xabar berishicha, minglab yosh namoyishchi va muxolifat partiyalari vakillari mamlakat poytaxti va Mumbayda saylov komissiyasi rahbari Gyanesh Kumar iste’fosini talab qilmoqda. Politsiya uchinchi kun ketma-ket namoyishchilarni hibsga olyapti.
Muxolifat yetakchilari Raj va Uddxav Tekkerey aksiyaga boshchilik qilib, saylovchilar ro‘yxatidagi o‘zgarishni bekor qilishga chaqirgan.
Guvohning so‘zlariga ko‘ra, Dehlida namoyishchilar kechqurun to‘plana boshlagan va politsiya ayrimlarni ushlagan. Politsiya qo‘lga olinganlar soni yoki ularning shaxsi bo‘yicha izoh bermagan. Oxirgi ikki kun ichida poytaxt politsiyasi yig‘ilishga to‘sqinlik qilib, o‘nlab odamni hibsga oldi.
Ko‘pchilik keyinroq ozod qilindi. Politsiya ularning ba’zilariga nisbatan shaharda ommaviy yig‘ilishni taqiqlovchi buyruqni buzishda ayblab, jinoiy ish qo‘zg‘atdi.
A.Mamatov, O‘zA