Hindiston Rossiyadan norozi
Hindiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning muvaqqat ishonchli vakili Vladimir Ladanovni chaqirib, 19-iyul kuni Odessa yaqinidagi Qora dengiz hududida “MV Golden Leo” yuk kemasiga qilingan hujum oqibatida to‘rt nafar hind fuqarosi halok bo‘lgani yuzasidan norozilik bildirdi.
Qayd etilishicha, yana bir fuqaro og‘ir ahvolda. Kemada jami 17 nafar ekipaj a’zosi bor edi.
Nyu-Dehli Rossiya tomoniga tijoriy kemaga zarba berilishi ortidan oddiy insonlar halok bo‘lishi qabul qilib bo‘lmaydigan holat ekanini aytgan. Bunday harakat xalqaro dengiz qatnovi xavfsizligi va barqarorligiga putur yetkazishini ta’kidlagan.
D.Hakimov, O‘zA