Nikaraguada saylov bekor qilinadi
Nikaragua Prezidenti Daniel Ortega mamlakatda endi saylov o‘tkazilmasligini ma’lum qildi. Uning fikricha, mazkur qaror muxolifat hokimiyat tepasiga kelishining oldini olish uchun zarur.
Qayd etilishicha, yetakchi bayonotni 1979-yildagi sandinistlar inqilobiga bag‘ishlangan tadbirda aytgan. Binobarin, u saylov bekor qilinishi qanday huquqiy asosga egaligi va qay tartibda amalga oshirilishini tushuntirmagan.
Ortega 2007-yildan buyon Nikaragua Prezidenti vazifasini bajarib kelmoqda. Mamlakatda oxirgi marta 2021-yil o‘tkazilgan prezidentlik saylovida aynan u g‘olib sifatida e’lon qilingan.
D.Hakimov, O‘zA