Harbiy xizmatçilarning kasbiy tayyorgarligi oşirildi
Şimoli-ğarbiy harbiy okrugning «Nukus» dala öquv maydonida artilleriya bölinmalari hamda umumqöşin bölinmalarining artilleriya olovini boşqariş böyiça mutaxassislari iştirokida navbatdagi öquv yiğini taşkil etildi.
Mazkur öquv yiğini harbiy xizmatçilarning kasbiy tayyorgarligini oşiriş, nazariy bilimlarini mustahkamlaş, amaliy könikmalarini takomillaştiriş hamda bölinmalar örtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirişga qaratildi.
Unda Şimoli-ğarbiy harbiy okrug tasarrufidagi artilleriya va umumqöşin bölinmalari harbiy xizmatçilari, şuningdek, tegişli yönaliş mutaxassislari iştirok etdi.
Maşğulotlar davomida harbiy xizmatçilarning kasbiy bilim va malakalarini oşiriş, nazariy tayyorgarlikni amaliy könikmalar bilan uyğunlaştiriş, şuningdek, bölinmalar örtasidagi özaro hamjihatlik va muvofiqlikni mustahkamlaşga alohida eʼtibor qaratildi.
Öquv yiğini doirasida iştirokçilar mutaxassisliklari böyiça maşğulotlarda qatnaşib, belgilangan öquv vazifalarini bajardi. Amaliy tayyorgarlik jarayonlari harbiy xizmatçilarning bilim va könikmalarini mustahkamlaş, xizmat vazifalarini bajarişga şayligini oşirişga xizmat qildi.
[gallery-32732]
Taʼkidlaş joiz, bunday öquv yiğinlari harbiy xizmatçilarning kasbiy mahoratini yuksaltiriş, mutaxassislar salohiyatini oşiriş hamda bölinmalarning umumiy tayyorgarlik darajasini takomillaştirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Maqsad HABIBULLAYEV (surat), ÖzA