Vodiy viloyatlari professional ta’lim muassasalari uchun o‘tkazilgan ko‘rgazmali seminarda asosiy e’tibor shu mavzuga qaratildi.

Farg‘ona viloyati Beshariq tumanidagi 2-sonli kasb-hunar maktabida professional ta’lim muassasalarida xizmat ko‘rsatish va mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha vodiy viloyatlari – Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari, shuningdek, Navoiy viloyatidagi professional ta’lim muassasalari direktorlari va ularning moliya-iqtisod masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida hududiy seminar bo‘lib o‘tdi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining hududiy seminarlar o‘tkazish grafigiga asosan o‘tkazilgan mazkur tadbir ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlarining borishi, bo‘sh turgan yer maydonlaridan samarali foydalanish, byudjetdan tashqari mablag‘ topish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘rgazmali tarzda tashkil etildi. Seminarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vakillari, , viloyatdagi yirik ish beruvchi korxonalar rahbarlari, tadbirkorlar, viloyat bandlik boshqarmasi, tadbirkorlik sub’ektlari va hunarmandlar ham qatnashishdi.

Viloyatdagi barcha kasb-hunar maktablari va kollejlar tomonidan turli yo‘nalishlarda amalga oshirilgan innovatsion loyihalar, erishilgan yutuqlar, o‘quvchilarning ishlab chiqarish jarayonlaridagi bevosita ishtiroki, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar namoyish qilindi. Ta’lim muassasalarida baliqchilik, kulolchilik, tikuvchilik, asalarichilik, yog‘och-o‘ymakorlik, slesar-tokarlik, payvandlash, poyafzal tikish, dizayn va sartaroshlik kabi yo‘nalishlarda tahsil olayotgan o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan buyumlar ko‘rgazmasi, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonidan jonli lavhalar seminar ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

– bugungi seminardan ko‘zlangan maqsad ham aynan professional ta’lim muassasalarida xizmat ko‘rsatish va mahsulot ishlab chiqarish hajmini kengaytirishdagi yutuq va kamchiliklarni muhokama qilish, o‘zaro fikr almashishdir, – dedi Farg‘ona viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshlig‘i T.Boymatov. – Sohada qilinadigan ishlar hali ko‘p. Shunday bo‘lsa-da, mazkur tadbir orqali har bir ta’lim muassasasi o‘zi uchun zarur xulosalar oladi, yangi g‘oyalar ustida ishlay boshlaydi, muhimi, yoshlarimizni muqim va doimiy ish bilan ta’minlash, kelajakda o‘z ishining ustasi bo‘lib yetishishlari uchun qulay shart-sharoit yaratishda qo‘l keladi, deb o‘ylayman.

Kasb-hunar maktabi hovlisida tashkil etilgan ko‘rgazmada o‘quvchilarning o‘z qo‘llari bilan yasagan buyumlari – kulolchilik va trikotaj mahsulotlaridan tortib, turli o‘yinchog‘u yog‘och buyumlargacha ko‘rish mumkin. Farg‘ona imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabi o‘quvchilari tayyorlagan buyumlar va bu yerda yo‘lga qo‘yilgan ishlar tahsinga sazovor.

– Mazkur maktab bilan doimiy hamkorlik qilib kelaman. Darsdan keyingi paytlarda 38 nafar o‘quvchining ham kasb o‘rganishi, ham moddiy manfaatdorligi ta’minlanmoqda, – deydi tadbirkor Havasxon Aliverdiyeva. – Asosan yotoqxona buyumlari, bolalar va kattalar kiyim-kechaklari, maxsus ish kiyimlari tikamiz. O‘quvchilarning ish haqi ular nomiga ochilgan plastik kartalarga muntazam tushirib boriladi. Rejalarimiz katta. O‘tgan yili 296 million so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lsa, joriy yil iyul oyigacha 435 million so‘mlik kiyim-kechak sotishga erishdik. Mahsulotlarimizni republikamiz viloyatlariga, shuningdek, Qirg‘izistonga eksport qilyapmiz.

Professional ta’lim muassasalarida dual ta’lim – bir vaqtda ham o‘qish, ham ishlashni yo‘lga qo‘yish orqali bitiruvchilarning doimiy bandligini ta’minlashga erishish, mehnat bozorida raqobatbardosh hamda malakali mutaxassislarni yetishtirish bugungi kunning dolzarb vazifasi. Zero, yurtimizda faoliyat olib borayotgan yirik korxonalar, kichik ishlab chiqaruvchilar uchun qo‘lida diplomi bor bitiruvchilar emas, o‘z sohasining bilimdoni bo‘lgan, egallagan kasbini “ipidan ignasigacha” biladigan yigit-qizlar zarur. Seminarga turli viloyatlardan kelgan mutasaddilarni aynan shu jihat ko‘proq qiziqtirgani ham bejiz emas.

– Farg‘onada amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lamini ko‘rib, havas qildik. Biz o‘rganadigan jihatlar ko‘p ekan. O‘z mulohazalarimizni ham beryapmiz, – deydi Namangan viloyati Mingbuloq tumanidagi 1-sonli kasb-hunar maktabi direktorining o‘rinbosari Bahodir Rahimov. – Viloyatda yoshlar bandligini ta’minlash, dual ta’limni joriy etish orqali o‘qish va ishlab chiqarish uzluksizligini yo‘lga qo‘yish, shu asosda xalq xo‘jaligining turli sohalari uchun malakali mutaxassislar yetishtirishga katta e’tibor qaratilgani sezilib turibdi. Hamkasblarimiz bilan suhbatlashib, fikr almashyapmiz. Bunday tadbirlarni ko‘proq tashkillash tarafdoriman.

Shuningdek, seminar doirasida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan buyum va mahsulotlar yarmarkasi ham yo‘lga qo‘yildi. Bozor narxidan birmuncha arzon, sifatli tovarlarni sotib oluvchilar ko‘pchilikni tashkil etdi.

M. Sulaymonov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Har bir bitiruvchining bandligi – ustuvor maqsad bo‘lishi kerak