Shunday aktrisalar borki, ular birgina roli bilan ham tomoshabin xotirasida qoladi. Masalan, "Kavkaz asirasi" nomli sevimli kinokomediyada Nina rolini ijro etgan Natalya Varley yoki o‘zbek kinematografiyasining birinchi musiqaviy komediyasi "Maftuningman"dagi Yulduz roli bilan tanilgan Klara Jalilova.

Yosh, iste’dodli, maftunkor bu aktrisalar xalqqa tanilgan paytida kasbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan, lekin ular o‘zlarining mahorati va tabiiy go‘zalligi tufayli ekran yulduzlariga aylandi. Kinodagi faoliyati davomida Klara Jalilova mashhur aktyorlar bilan bir qatorda, taniqli rejissyorlarning filmlarida suratga tushish baxtiga muyassar bo‘ldi. Shunday bo‘lsada u "yulduzlik" kasaliga duchor bo‘lmadi. U hayoti davomida kamtarin inson bo‘lib yashab o‘tdi. 

Klara Jalilova 1938 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Uning oilasi hozirgi O‘zbek Milliy akademik drama teatriga yaqin joyda, Xadrada istiqomat qilgan. Mahallasidagi ko‘plab qizlar singari u ham sahnada o‘z iqtidorini ko‘rsatishni orzu qilgan. Bir kuni u qo‘rquvini yengib, tanlovga keladi va u yerda bo‘lajak aktrisa va xonandaHalima Nosirovaning ko‘ziga tushadi. Uning ovozi 12 nafar mutaxassis ishtirokida eshitib ko‘rildi. Ular orasida O‘zbekiston musiqa olamining taniqli namoyandalari Yunus Rajabiy, Mukarrama Turg‘unboyeva, Muxtor Ashrafiy va boshqalar bo‘lgan. Ular bir ovozdan Klara Jalilovani  qo‘llab-quvvatlashdi.

Klara Jalilova intervyularidan birida radioda turli tillarda: o‘zbek, ozarbayjon, afg‘on, hind, eron, qozoq, qoraqalpoq, qirg‘iz, rus, tojik va boshqa tillarda 250ga yaqin qo‘shiq kuylaganini aytgan. U “Maftuningman” musiqiy komediyasidagi mashhur xitlaridan tashqari, afg‘on tilidagi “Gulixandonam”, qozoqcha “Qizdaray”, “Ey, mehribonim!” qo‘shiqlari bilan ham muxlislarining yodida qolgan.

Klara Jalilovaning so‘zlariga ko‘ra, u “Maftuningman” filmidagi rolidan ancha oldin xalqqa tanilgan. Afsonaviy musiqiy komediyani suratga olish boshlanganida, yosh xonanda xalqaro tanlovlarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib yurgan mashhur qo‘shiqchi edi. Iste’dodli ijrochi 1957 yilda Moskvada bo‘lib o‘tgan Butunjahon yoshlar va talabalar festivaliga yuborilgan va ushanda u ilk bor oltin medal sovrindori bo‘lgan edi.

Darvoqe, “Maftuningman” filmi ssenariysi Klara Jalilova uchun maxsus yozilgan. Film katta muvaffaqiyatga erishdi, uni millionlab tomoshabinlar ko‘rdi. Mazkur filmdagi rolidan so‘ng Klara Jalilova haqiqiy kino yulduziga aylandi. O‘sha yili to‘g‘ilgan ko‘plab chaqaloq qizlarga Klara va Yulduz ismlari qo‘yildi.

Aytish joizki, “Maftuningman” birinchi musiqiy komediyasi mualliflari rejissyor Yo‘ldosh A’zamov va operator Mixail Krasnyanskiy oradan 11 yil o‘tib, “O‘tgan kunlar” afsonaviy filmini tomoshabinga taqdim etdi. Lekin bu film butunlay boshqa janr – drama edi. Har ikkala film ham hali-hanuz ekran qarshisiga millionlab tomoshabinlarni to‘playdi.

Klara Jalilova o‘z intervyusida “Maftuningman” filmi u uchun juda qadrli ekanini, ayniqsa, suratga olish maydonchasida u birinchi turmush o‘rtog‘i, taniqli teatr va kino aktyori Yoqub Ahmedov bilan tanishganini eslagan.

“Meni halol, iboli va kamtarin inson sifatida eslab qolishlarini istardim”, degan edi aktrisa intervyularidan birida va aslida ham shunday bo‘ldi. Jarangdor ovozi va betakror ijrosi bilan millionlab qalblarni zabt etgan taniqli aktrisa va xonanda Klara Jalilova xotiralarda abadiy qoldi.

Lira Shafik,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hammani maftun etgan aktrisa