Toshkent shahrida 20-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev va mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Koreya Respublikasi Bosh vaziri Xvan Gyo Anning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muzokarada mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanib, o‘zaro hamkorlik ko‘lami barcha sohalarda kengayib borayotgani, bunda ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi. Prezidentimiz Islom Karimovning 2015-yil may oyida Koreya Respublikasiga davlat tashrifi ikki tomonlama aloqalarni yangi bosqichga olib chiqib, o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston va Janubiy Koreya munosabatlari o‘zaro ishonch va hurmat, yaqin do‘stlik va strategik sheriklikka asoslangan. Ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar 2006-yilda imzolangan Strategik hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya, 2014-yilda qabul qilingan Strategik sheriklikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya asosida taraqqiy etmoqda.

Ikki davlat o‘rtasida savdo aloqalari borasida eng ko‘p qulaylik yaratish tartibi joriy qilingan. Mamlakatlarimiz o‘rtasida imzolangan savdo, investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish, daromadlarning ikki tomonlama soliqqa tortilishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda daromad soliqlarini to‘lashdan bosh tortishni bartaraf qilishga oid bitimlar savdo-iqtisodiy aloqalar rivojiga xizmat qilmoqda.

Muzokarada O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi munosabatlarni yangi mazmun bilan boyitish, mamlakatlarimiz ishbilarmon doiralarining muloqoti va qo‘shma loyihalarini qo‘llab-quvvatlashdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekani ta’kidlandi. Surg‘il koni negizida bunyod etilgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi mamlakatlarimiz savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorligining yorqin namunasidir.

Koreya Respublikasi Bosh vaziri Xvan Gyo An Janubiy Koreyada O‘zbekiston bilan munosabatlarni kengaytirishga ustuvor yo‘nalish sifatida qaralishini alohida qayd etdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston – Janubiy Koreya hamkorligining bugungi holati va istiqboliga oid keng ko‘lamli masalalar muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Shu kuni O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi Bosh vazirlari Toshkentda Koreys madaniyati va san’ati uyi qurilishi ishlarining boshlanishiga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdi.

Mazkur dargoh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik aloqalari va xalqlarimizning o‘zaro do‘stona rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elat vakillari qatorida koreys millatiga mansub vatandoshlarimizning ham o‘z milliy an’ana va qadriyatlarini asrab-avaylashi, boyitishi hamda kelgusi avlodlarga yetkazishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Koreys millati vakillari mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotining barcha jabhalarida faol ishtirok etmoqda. Ularning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatida, mahalliy Kengashlarda, boshqaruv organlarida, iqtisodiy-ijtimoiy hayotning barcha sohalarida faoliyat yuritayotgani, istiqlol yillarida 300 nafarga yaqini mamlakatimiz davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgani buning yaqqol tasdig‘idir.

2017-yilda qurib bitkazilishi mo‘ljallanayotgan Koreys madaniyati va san’ati uyi koreys xalqining boy madaniyati va o‘ziga xos san’ati, urf-odatlari va an’analarini saqlash va targ‘ib qilish uchun qulay zamin yaratadi.

– Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkentda Koreys madaniyati va san’ati uyi barpo etilishi mamlakatingizda koreys millatiga mansub fuqarolarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikning yorqin ifodasidir, – dedi Koreya Respublikasi Bosh vaziri Xvan Gyo An. – Mamlakatlarimiz jo‘g‘rofiy jihatdan bir-biridan uzoq bo‘lsa-da, madaniyatimiz va an’analarimiz o‘xshash, xalqlarimizning fazilatlari va maqsadlari mushtarak. Janubiy Koreya bilan O‘zbekiston o‘rtasida 1992-yilda diplomatik aloqalar o‘rnatilganidan so‘ng qisqa fursatda ikki tomonlama munosabatlar strategik hamkorlikning yuksak darajasiga ko‘tarilgani bizni juda quvontiradi.

Mazkur dargoh o‘zbek va koreys xalqlarining o‘zaro do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlash barobarida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi madaniy aloqalarning izchil rivojlanishida ham katta ahamiyat kasb etadi.

Koreya Respublikasi Bosh vaziri O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Yuksak martabali mehmon Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ushbu muazzam maydonda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlariga yuqori baho berdi.

Xvan Gyo An Temuriylar tarixi davlat muzeyida bo‘lib, Sohibqiron va uning avlodlari haqida hikoya qiluvchi noyob eksponatlar bilan tanishdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamkorlik yuksak sur’atlarda rivojlanmoqda