Gvardiola JCh-2026 dagi narx-navo haqida: «Ilgari bu bayram edi, hozir esa...»
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola jahon chempionati doirasidagi chiptalar va transport narxlarining yuqoriligi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
– Hozirda jahon chempionatiga chiptalar narxi va 90 dollarlik poyezd chiptalari keng muhokama qilinmoqda. Bu haqda nima deya olasiz?
– Ko‘p yillar oldin, jahon chempionati u yerga boradigan davlatlar uchun futbolning quvonchli bayrami bo‘lganini eslayman. Butun dunyodan, boshqa qit’alardan odamlar u yerda o‘ynash, o‘z vatanini ko‘rish uchun kelishardi va hamma narsa hamyonbop edi.
Hozirgi zamonda esa... Bu juda qimmat. Lekin men u yerda bo‘lmayman. Shuning uchun nima sababdan bundayligini bilmayman, umid qilamanki, ular bu haqda o‘ylab ko‘rishadi va [nimadir] qilishadi... Futbol muxlislar uchun mavjud.
Albatta, homiylar va boshqa narsalar haqida ham o‘ylash kerak, aks holda bu loyiha o‘zini oqlamaydi. Buni hamma biladi. Ammo muxlislar — eng asosiysi... Ular ushbu biznes yashashda davom etishi uchun asosiy kalit hisoblanadi, — dedi Gvardiola.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 turniri 11-iyundan 19-iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi.