Agar siz asrlar mobaynida Yunoniston yarimorollarida tayyorlanib kelinayotgan mashhur grek pishlogʻi taʼmini topmoqchi boʻlsangiz, Gretsiyaga borishingizga hojat yoʻq.

Endilikda, Navoiy erkin iqtisodiy zonasi hududida qiymati 1 million dollardan ortiq boʻlgan pishloq sexi tashkil etiladi. Joriy yilning dekabr oyi, ayni pishloq mavsumida oʻz faoliyatini boshlaydigan sexda 20 nafar qishloq aholisining, ayniqsa pandemiya sharoitidagi ishsiz xotin-qizlarning bandligi taʼminlanadi.

Muhimi, ushbu xorijiy investor loyihasi toʻlaligicha mahalliylashtirish dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.

- “Navoiy erkin iqtisodiy zonasida investorlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib chiqdik. Iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomini olgan tadbirkor uchun qulaylik va imkoniyatlarni oʻrganib chiqdik. Ana shundan soʻng pishloq sexi barpo etishga kirishdik. Tez orada qiymati 1 million dollardan ortiq investitsiya kiritishni moʻljallayapmiz. Bu investor 3 yil mobaynida deyarli barcha soliqlardan ozod boʻladi degani. Koʻrib turibsiz, qurilish avjida. Kelajakda 3 yil emas 10 yillik imtiyozlardan foydalanish niyatimiz bor. Sex faoliyatini boshlagach, oliy navli Feta (Feta) va Mizitra (Myzithra) navli pishloqlarni ishlab chiqaramiz. Kelajakda esa Graviyera (Graviera), Kefalotiri (Kefalotyri) hamda Antotiro (Anthotyro) kabi yangi navlar evaziga faoliyatimizni kengaytiramiz. Eksport alohida mavzu. MDH hamda Osiyo bozorlarini moʻljallaganmiz. Choʻl giyohlari bilan oziqlanayotgan podaning suti boshqacha boʻladi. Yevropada esa aynan mana shunday sutdan tayyorlangan pishloqlarga talab yuqori. Niyatim jiddiyligiga ishongandirsiz”, deydi loyiha koordinatori Marta Bagiartaki xonim.

Ha aytgancha, Bagiartaki xonim sanab oʻtgan eng qadimiy pishloq turi Feta navi haqida nimalarni bilamiz? Xonim taʼriflayotgan bu pishloqlarning boshqa pishloq turidan afzalligi nimada?

Feta pishlogʻi sigir, qoʻy sutidan tayyorlanadi. Pishloqda teshikchalar deyarli uchramaydi. Uning boshqa pishloqlardan yana bir farqi pishloqning terisi yoʻq. Bu esa boshqa pishloqlarga qaraganda hazm qilishni tezlashtiradi. Organizmda yalligʻlanish va allergiya holatlari kuzatilmaydi. Bu esa sut va sut mahsulotlariga nisbatan sezgirligi yuqori boʻlgan insonlar uchun ayni muddao.

Mizitra pishlogʻida tuz aralashmaganligi tufayli u sutli va shirin taʼmga ega. Koʻplab restoranlarda pishloqning zaytun va pomidor aralashgan dissert taklif etiladi. Uy bekalari tomonidan turli salatlar, xamir ovqatlari va piroglar uchun ishlatiladi.

Demak, yaqin orada Navoiy viloyatida ilk bora xorijiy texnologiyalar asosida pishloq sexi oʻz faoliyatini boshlaydi. Bu- esa bepoyon Qizilqum choʻllari, Oltinsoy adirlaridagi qoʻy-echkilar suti Apennin yarim orolida shakllangan grek anʼanasi asosida mazali va shifobaxsh mahsulotga aylanadi, degani.

Jonibek SHUHRATOV

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gretsiyaga borishingizga hojat yoʻq , yunon pishloqlari endi Navoiyda