Ğoliblar rağbatlantirildi
Andijonda “Uyğoniş” yoşlar adabiy tanlovining viloyat bosqiçi bölib ötdi.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan yoş ijodkorlarni aniqlaş, ularni qöllab-quvvatlaş, ijodiy imkoniyatlarini röyobga çiqariş, milliy qadriyatlar, adolat, insonparvarlik va halollik kabi ğoyalarni adabiyot orqali tarğib qiliş maqsadida ötkazilayotgan mazkur tanlovning viloyat bosqiçida 64 nafar 18 - 30 yoşli ijodkor nazm va nasr yönalişida özlarining ijodiy işlari bilan iştirok etdi.
Taqdim etilgan ijod namunalari nufuzli hakamlar hayʼati tomonidan munosib baholandi.
– Iştirokçilarning ijod namunalarini körib çiqişda insoniy fazilatlarni uluğlaş, vatanparvarlik, bugungi tinç va farovon hayotga şukronalik ğoyalari bilan suğorilgan, şuningdek, maʼnaviy-tarbiyaviy ahamiyatga ega, halollik, insonparvarlik, hamjihatlik, xalqimizning öziga xos, azaliy qadriyatlari uluğlangan mavzularga alohida eʼtibor qaratildi, – deydi Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi viloyat bölimi rahbari Hurşida Vahobjon qizi. – Taqdim etilgan ijod namunalari bilan tanişiş jarayonida yoş ijodkorlarning belgilangan yönalişlarda samarali ijod qilayotganliklariga guvoh böldik. Işonç bilan ayta olamanki, ular kelajakda xalqimizga manzur böladigan asarlar yaratadigan ijodkorlar bölib kamol topadi.


Tanlovning yakuniy natijalariga köra, nazm yönalişida Yusufbek Sadbaraliyev birinçi, Mavludaxon Azimova ikkinçi, Mohidil Abdullayeva uçinçi öringa sazovor böldi. Nasr yönalişida esa birinçi örin Firdavs Şokirovga, ikkinçi örin Iroda Orifjonovaga, uçinçi örin esa Izzatullo Olimovga nasib etdi.
Ğoliblar tanlovning mamlakat bosqiçida qatnaşiş huquqini qölga kiritdi.

Ğoliblarga diplom hamda birinçi örin sohiblariga 7 million sömdan, ikkinçi örin egalariga 4 million sömdan, uçinçi örinni qölga kiritgan iştirokçilarga 2 million sömdan pul mukofotlari topşirildi.
Faxriddin Ubaydullayev,
ÖzA muxbiri