G‘oliblar mamlakat bosqichiga boradi
Andijonda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan shashka musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan mahalla, umumta’lim maktablari, professional kasb ta’limi muassasalari o‘quvchilari, oliy o‘quv yurtlari talaba yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, milliy sport o‘yinlari va sport turlarini ommalashtirish, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidor, iste’dod va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish hamda ularning hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish maqsadida o‘tkazib kelinayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi tadbirlar, sport musobaqalari yoshlarga keng imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda. Xususan, shashka musobaqalarida ham ko‘plab yosh iqtidorlar o‘z salohiyatini namoyish etmoqda.
Musobaqalarda 16-21, 22-26 va 27-30 yosh toifasi bo‘yicha tuman, shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan shashkachilar ishtirok etib, g‘oliblik uchun o‘zaro bahs olib bordi.
[gallery-18679]
Qiziqarli tarzda o‘tgan musobaqaning yakuni natijalariga ko‘ra, o‘z yosh toifalarida 1-, 2- va 3- o‘rinni olgan 18 nafar yosh shashkachi mazkur musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
Musobaqa g‘olib, sovrindor va faol ishtirokchilari tashkilotchilar tomonidan rag‘batlantirildi.
F. Ubaydullayev,
Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari