Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarşi kuraşiş yönalişidagi faoliyat örganildi
Prezident Administratsiyasi işçi guruhi tomonidan Qoraqalpoğiston Respublikasi bojxona boşqarmasida taqiqlangan moddalar aylanişining oldini oliş yönalişida olib borilayotgan faoliyat natijalari yuzasidan örganiş işlari amalga oşirildi.
Xususan, boşqarmaning Kontrabandaga qarşi kuraşiş bölimi hamda “Nukus aeroporti”, “Xöjayli”, “Dovut-ota”, “Qoraqalpoğiston” temir yöl çegara bojxona postlari va “Nukus” taşqi iqtisodiy faoliyat bojxona postidagi xizmat faoliyati bilan yaqindan tanişildi.
Örganişlar davomida bojxona postlarida zamonaviy texnologiyalar va nazorat uskunalaridan samarali foydalaniş, çegara orqali harakatlanayotgan fuqarolar, TIF subʼektlari bilan giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olişda profilaktik tadbirlar, şuningdek, xizmat itlari va kinolog mutaxassislarning taqiqlangan moddalarni aniqlaşdagi örni muhim ekani qayd etildi.

Bojxona xodimlariga import va eksport bilan şuğullanuvçi tadbirkorlar örtasida profilaktik tuşuntiriş işlarini kuçaytiriş, yuklarni ortiş, taşiş va saqlaş jarayonlarida ularning xavfsizligini taʼminlaş zarurligi taʼkidlandi. Ayniqsa, yuklarga begona şaxslar tomonidan giyohvandlik vositalari yoki boşqa taqiqlangan moddalar joylaştirilişining oldini oliş, bunday holatlarda yuzaga kelişi mumkin bölgan huquqiy oqibatlar haqida tadbirkorlarni ogohlantiriş vazifasi qayd etildi.

Maʼlumotlarga köra, 2026-yilning ötgan davri mobaynida Qoraqalpoğiston Respublikasi bojxona boşqarmasi xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalari va boşqa taqiqlangan moddalarning noqonuniy aylanişi bilan boğliq 27 ta holatda 3,1 kilogramm giyohvandlik vositasi, 1 ta holatda 80 dona psixotrop dori vositasi, 2 ta holatda 32 gramm kuçli taʼsir qiluvçi modda aniqlanib, mazkur holatlar yuzasidan qonunçilikda belgilangan tartibda jinoyat işlari qözğatilgan.
Noqonuniy holatlarning oldini olişda idoralararo hamkorlikni kuçaytiriş, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalaniş hamda aholi huquqiy savodxonligini oşiriş muhimligi taʼkidlanib, harakatlanayotgan yölovçilar örtasida giyohvandlik vositalari va boşqa taqiqlangan moddalarni noqonuniy olib ötişning oldini olişga qaratilgan profilaktik tuşuntiriş işlarini kuçaytiriş zarurligi taʼkidlandi.
Bunda fuqarolarga öz yuklarini nazoratsiz qoldirmaslik, begona şaxslarning buyumlarini olib ötişga rozi bölmaslik, nomaʼlum yuk va buyumlarni taşimaslik lozimligi tuşuntirilişi, şubhali holatlarga nisbatan huşyorlikni oşiriş muhimligi qayd etildi.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri