Gimnastikaçilar Özbekiston kubogida saralandi
Navoiy şahrida kattalar örtasida badiiy gimnastika böyiça Özbekiston kubogi musobaqasi yakuniga yetdi.
Uç kun davomida “Yoşlar” sport majmuasida ötkazilgan musobaqada mamlakatimizning barça hududlaridan kelgan 120 nafardan ziyod sportçi ğoliblik uçun bahs olib bordi.
Musobaqa natijalariga köra, köpkuraş böyiça guruh maşqlarida mamlakatimiz terma jamoasi birinçi, “IRBOÖZSM” ikkinçi, Samarqand viloyati jamoasi uçinçi örinni egalladi. Yakkalik maşqlarida Natalya Usova oltin, Sevinç Möminova kumuş, Yasmina Alimardanova bronza medaliga sazovor böldi.
Jamoaviy hisobda Toşkent şahri vakillari ğoliblikni qölga kiritdi. Samarqand viloyati ikkinçi, Navoiy viloyati uçinçi örinni egalladi.

Guruh maşqlarining 5 ta töp bilan bajariladigan dasturida “IRBOÖZSM” birinçi, Buxoro viloyati ikkinçi, “SOPSTTM” uçinçi örinni band etdi. 3 juft halqa va 2 juft bulava bilan bajariladigan dasturda esa Navoiy viloyati jamoasi ğolib böldi. Samarqand viloyati ikkinçi, Toşkent şahri uçinçi örinni egalladi.
Yakkalik maşqlarining halqa dasturida Natalya Usova oltin, Viktoriya Nikiforova kumuş, Sevinç Möminova bronza medalini qölga kiritdi. Töp bilan bajarilgan maşqlarda Yasmina Alimardanova ğolib böldi. Sabrina Zaribboyeva ikkinçi, Sevinç Möminova uçinçi örinni egalladi.

Bulava dasturida Natalya Usova şohsupaning yuqori poğonasiga kötarildi. Sabrina Zaribboyeva kumuş, Yasmina Alimardanova bronza medaliga sazovor böldi.
Tasma bilan bajarilgan maşqlarda ham Natalya Usova birinçi örinni egalladi. Sevinç Möminova ikkinçi, Sabrina Zaribboyeva uçinçi böldi.
Şu tariqa, Özbekiston kubogi musobaqasi ğolib va sovrindorlarni aniqlab berdi.
Javohir Toşxöjayev, ÖzA