Eng sara polvonlar mamlakat çempionatida bellaşdi
Poytaxtimizdagi "Olimpiya şaharçasi"da sport kuraşlari böyiça kattalar örtasidagi Özbekiston çempionati öz nihoyasiga yetdi. Musobaqaning sönggi ikki kunida erkin kuraş böyiça bellaşuvlar ötkazilib, barça vazn toifalarida ğolib va sovrindorlar aniqlandi.
Çempionatning 86 kilogrammgaça vazn toifasida ötgan bellaşuvlarda Olamgir Sobirov barça raqiblaridan ustun kelib, Özbekiston çempioni böldi. Quvonarlisi, 2008-yilda tavallud topgan polvon 18 yoşida kattalar örtasidagi mamlakat çempionatida ğolib çiqqan eng yoş sportçilardan biriga aylandi. Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlaş markazi tarbiyalanuvçisi bölgan Olamgir povlon mazkur vazndagi hal qiluvçi final bellaşuvida Daler Çöliboyevdan ustun keldi. Darvoqe, ularga yarim finalda mağlub bölgan Bobur Rözimboyev va Bobur Islomov bronza medallarini qölga kiritdi.
— Kattalar örtasidagi Özbekiston çempionatida ğolib bölganimdan juda xursandman. Bu natijani qölga kiritişimda murabbiylarimning mehnati va yaqinlarimning qöllab-quvvatlaşi katta böldi. Çempionlikni otamning tuğilgan kuniga bağişladim. Bu men uçun ham, oilam uçun ham quvonçli kun böldi. Oldinda yanada katta maqsadlarim bor. Xalqaro musobaqalarda ham yurtimiz bayroğini baland kötarişga harakat qilaman, — deydi Olamgir Sobirov.

Vazni 57 kilogrammgaça bölgan Uluğbek Raşidov ham kutilganidek milliy çempionatimiz ğolibiga aylandi. Mahoratli polvonimiz finalda Nodir Jumanazarovni taslim etdi. Uşbu vaznda Qarşi Usmonov va Husanboy Usmonov bronza medallariga sazovor böldi.
-61 kilogramm vaznda Asadbek Saidtörayev şohsupaning eng yuqori poğonasidan joy oldi. Alpamis Kdirniyazov ikkinçi, Abdumalik Jaloliddinov va Faxriddin Nasriddinov uçinçi örinni egalladi. -65 kilogramm vazn toifasida Sanjar Rustambekov oltin, Maşrab Uzoqov kumuş, Arslon Rahimov va Abdulloh Jaloliddinov bronza medallari bilan taqdirlandi.
Şuningdek, öz vazn toifalarida Şahzod Yaraşev (-70 kg), Javohir Çöliboyev (-74 kg), Muhammadqodir Madazimov (-79 kg), Sadriddin Daminjonov (-92 kg) va Otabek Nazirboyev (-97 kg) şohsupaning eng yuqori poğonasidan joy oldi. Eng oğir — 125 kilogramm vazndagi bellaşuvlarda Nomoz Abduraşidov çempionga aylangan bölsa, Aynazar Bazarbayev ikkinçi örinni egalladi. Sardor Xolmatov va Aziz Jöraboyev esa bronza medallari bilan taqdirlandi.
Endi mamlakat çempionatida eng yaxşi natijalarni qayd etib, şohsupaga kötarilgan polvonlar Özbekiston terma jamoasi safida kelgusida bölib ötadigan nufuzli musobaqalarga tayyorgarlik köradi.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA