Buxoroda joriy yildan boshlab, “Bog‘dod tajribasi” asosida uy-joylar, ishlab chiqarish, sanoat va ijtimoiy infrastruktura ob’ektlarini o‘z ichiga olgan “Yangi O‘zbekiston” massivlari barpo etiladi.
Birinchi bosqichda viloyatning G‘ijduvon va Buxoro tumanlarida, ikkinchi bosqichda Romitan, Vobkent, Kogon va Qorako‘l tumanlarida qurilish ishlari amalga oshiriladi. Bunda ehtiyojmand oilalarga boshlang‘ich va foiz to‘lovlari uchun, yiliga 120 milliardso‘m subsidiya ajratiladi.
G‘ijduvon tumani hokimi Sherzod Ashurov tumanning 3-sektor rahbari hamda turli qurulish tashkilotlari vakillari bilan birgalikda “Bog‘dod tajribasi”ni o‘rganish va uni tumanda qo‘llash maqsadida Farg‘ona viloyatida bo‘ldi.
G‘ijduvon tumani hokimi Sh.Ashurov bu yerda qad rostlagan ko‘p qavatli uylar, aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ijtimoiyob’ektlarni ko‘zdan kechirishdi.

G‘ijduvon tumanining Todon MFYdagi Oydin ko‘l massivida jami 9 ta 5 qavatli 20-30 xonadonli uy-joylar qurilishi olib borilmoqda. Yangi tartibda 6 ta 5 qavatli 20-30 xonadonli uy-joylar hamda “Qishloqqurilishinvest” IKMCHJ buyurtmasiga ko‘ra 3 ta 5 qavatli 30 xonadonli uy-joylar qurilmoqda.
“Qishloqqurilishinvest” IKMCHJ buyurtmasi asosida qo‘shimcha ravishda 3 ta 1 pod’ezdli, 20 xonadonli 5 qavatli uy-joylar qurilishi boshlangan.
Shuningdek, aholini uy-joyga bo‘lgan extiyojini qondirish maqsadida tuman markazida “Texstroyprogressplyus” MCHJ tomonidan 7 qavatli
90 kvartirali hamda “Hafizbek Mirzo” xususiy korxonasi tomonidan
7 qavatli 202 kvartirali uy-joylar qurilmoqda.
Endilikda, hududda “Bog‘dod tajribasi” asosida uy-joylar qurish ishlari yanada jadallashadi.
Zarif Komilov, O‘zA