GFRning navbatdagi prezidenti lavozimiga asosiy nomzod kim?
Germaniyaning Bavariya federal parlamenti raisi Ilze Aygner mamlakatning navbatdagi prezidenti lavozimiga asosiy nomzodlardan biri sifatida körilmoqda. U amaldagi davlat rahbari Frank-Valter Ştaynmayyerning örnini egallaşi mumkin.
“DW” naşri yozişiça, federal kansler, Xristian-demokratik ittifoqi (XDI) raisi Fridrix Mers Aygner nomzodini qöllab-quvvatlagan.
Germaniyada prezident asosan vakillik vazifalarini bajaradi. Biroq u davlat rahbari sifatida mamlakatning konstitutsiyaviy tuzumi, demokratik qadriyatlari va milliy birligini ifoda etuvçi muhim şaxs hisoblanadi.
61 yoşli Ilze Aygner GFR siyosiy hayotida katta tajribaga ega. U mehnat faoliyatini elektrotexnika sohasida boşlagan, keyinçalik aviatsiya sanoatida işlagan. 1994-yilda Bavariya parlamentiga saylangan, 1998–2013-yillarda Bundestag deputati bölgan.
2008–2013-yillarda Angela Merkel hukumatida oziq-ovqat, qişloq xöjaligi va isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş böyiça federal vazir lavozimida faoliyat yuritgan. Keyinçalik Bavariya iqtisodiyot vaziri bölib işlagan. 2018-yildan buyon Bavariya parlamentiga raislik qilib kelmoqda.
Aygnerning prezidentlikka nomzodi Bavariya boş vaziri Markus Zyoder tomonidan ham qöllab-quvvatlangan. Siyosiy kuzatuvçilar uning nomzodi atrofida konservativ partiyalar bilan bir qatorda boşqa siyosiy kuçlar vakillari örtasida ham muayyan yakdillik şakllanayotganini taʼkidlamoqda.
Agar Aygner saylansa, u Germaniya tarixidagi birinçi ayol federal prezident böladi. Ayni paytda uning ehtimoliy saylanişi Germaniya konservativ kuçlari örtasidagi siyosiy muvozanatga ham taʼsir körsatişi mumkin. Xususan, bu holat Bavariya boş vaziri Markus Zyoderning kelgusida kanslerlikka nomzod böliş imkoniyatlari bilan boğliq muhokamalarni kuçaytirmoqda.
Germaniyaning navbatdagi prezidenti Bundestag deputatlari va federal parlamentlari saylagan vakillardan taşkil topadigan Federal majlis tomonidan saylanadi. Amaldagi prezident Frank-Valter Ştaynmayyer ikki muddat davlat rahbari bölgani sababli, Konstitutsiyaga muvofiq uçinçi muddatga saylana olmaydi.
Taʼkidlanişiça, ölkada prezident saylovi 2027-yil 30-yanvarda ötkaziladi. Federal majlis 1 260 nafar aʼzodan iborat böladi. Amaldagi prezidentning vakolat muddati 2027-yil 18-martda tugaydi.
A.Mamatov, ÖzA