Germaniya Yevropa mudofaa tizimida yetakchilikka intilayapti(mi)?
GFRning qayta qurollanishi va Yevropaning yetakchi harbiy kuchiga aylanishga intilishi qit’adagi siyosiy muvozanatni o‘zgartirmoqda, deb yozdi “Politico” nashri.
Fransiya o‘z ta’sirini qanday saqlab qolish va Polsha yangi vaziyatdan qanday foydalanish haqida bahslashayotgan bir paytda, tahlilchilar Berlin va Varshava o‘rtasidagi ittifoq RFni “jilovlash”ning eng samarali vositasi bo‘lishi mumkinligiga sha’ma qilmoqda.
Nashrga ko‘ra, Germaniya mudofaa sohasi uchun milliardlab dollar sarmoya kiritmoqda.
– Mers aniq nimaga erishmoqchi ekanligi hali ham noma’lum, -deydi ismi sir qolishini istagan yevropalik diplomatlardan biri “Politico”ga intervyu berarkan. – GFR xalqaro maydonda kengroq rol o‘ynashi kerak bo‘ladi, ammo buni vaqt ko‘rsatadi.
Ekspertlar fikricha, agar Berlin shimoliy va sharqiy Yevropa ittifoqchilari bilan hamkorlikka e’tibor qaratsa, Parij Yevropaning mudofaa arxitekturasidagi markaziy o‘rnini yo‘qotish xavfi ostida. Rasmiy Varshava esa Germaniyaning harbiy qudratini oshirishni zarur va uzoq vaqtdan beri kutilgan qadam deb hisoblaydi.
2029 yilga kelib GFR mudofaa uchun yiliga 153 milliard yevro, ya’ni mamlakat YAIMning taxminan 3,5 foizini sarflashni rejalashtirmoqda.
S.Rahimov, O‘zA