Germaniya Federal Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyerni kutib olish marosimi bo‘ldi.
Qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif etdi.


O‘zbekiston va Germaniya davlat madhiyalari yangradi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini bir-birlariga tanishtirdilar.
Marosim yakunida birgalikda suratga tushildi, so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.





