Germaniya elektr energiyasi soliğini minimal darajaga tuşirmoqçi
GFR hukumati 2027-yil 1-yanvardan ölkada elektr energiyasi uçun soliqni eng past darajaga tuşirmoqçi. Şuningdek, benzin narxini çeklaş çorasi ham uzaytiriladi. Hukumat hisob-kitobiga köra, yangi tartib tufayli örtaça oila oyiga qariyb 8 yevro tejaşi mumkin.
Mamlakatdagi Xristian-demokratik va Xristian-sotsial ittifoqlari hamda Sotsial-demokratik partiya rahbarlari sakkiz soatlik muzokaradan söng kelişuvga erişdi. Elektr energiyasi soliği har kilovatt-soat uçun 2,05 sentdan 0,1 sentga tuşiriladi. Bu çora 2027-yilda davlat byudjetiga 5,4 milliard yevro tuşumdan voz keçişni anglatadi. Uni moliyalaştiriş qayta tiklanuvçi energiya manbalari sohasidagi subsidiyalar uçun ajratilgan mablağlar hisobidan taʼminlanişi belgilangan.
Benzin narxini çeklaş böyiça amaldagi çora ham 2027-yil 1-yanvardan yangi tartib bilan almaştiriladi. Hozirgi imtiyoz dastlab uç oyga uzaytiriladi. Bu qarorlar tanqidlardan xoli emas: ayrim ekspertlar elektr soliğini barça isteʼmolçilar uçun birdek kamaytiriş kam daromadli oilalarga manzilli yordam beriş örnini bosmasligini taʼkidlamoqda.
Musulmon Ziyo, ÖzA