Aktyorlarsiz işlangan fantastik kino sarflangan xarajatni ham qoplay olmadi
Aniqroği, sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan ilk töliq metrajli xitoy filmi tomoşabinlar eʼtiborini qozona olmadi.
«Sansinduy: kelajak va ötmiş» nomli fantastik film uç hafta davomida taxminan 270 ming dollar daromad keltirgan. Bu esa uni işlab çiqarişga sarflangan mablağdan ança kam.
Taxminan 100 daqiqalik filmda sunʼiy intellekt va algoritmlar nazoratdan çiqib, insoniyatni halokat yoqasiga olib keladigan dunyo tasvirlangan. Loyihani yaratişda aktyorlar va anʼanaviy suratga oliş guruhi iştirok etmagan.
Xitoyda sunʼiy intellekt yordamida tayyorlangan qisqa dramalar ommalaşayotgan bölsa-da, mazkur film tomoşabinlarda kutilgan taassurotni qoldirmadi, deyiladi “Naked sciense“ onlayn naşri xabarida. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari filmning sunʼiy körinişi va syujetning parokandaligini tanqid qildi.
Kaliforniya universiteti professori Maykl Berrining taʼkidlaşiça, sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan videolarning ommalaşuvi ham filmning omadsizligiga taʼsir körsatgan. Uning fikriça, tomoşabinlar sunʼiy intellekt kontentini köpinça arzon, tez va yengil tayyorlanadigan ijod mahsuli sifatida qabul qiladi. Kinoteatrda tomoşabinlar aynan inson ijodi, mehnati va mahorati aks etgan asarlarni körişni istaydi.
«Sansinduy» filmi ijtimoiy tarmoqlar bilan birga rasmiy naşrlarning tanqidiga ham uçragan.
Zuhra MIRZABOYEVA, ÖzA