Amerika Qo‘shma Shtatlari Boston shahrida Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori Javlon Vahobov va Garvard universiteti Devis markazi huzuridagi Markaziy Osiyo dasturi rahbari va katta ilmiy xodimi Nargis Kassenova o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida o‘zaro ilmiy hamkorlik istiqboli, jumladan qo‘shma tadqiqot o‘tkazish, akademik almashinuvni yo‘lga qo‘yish va mintaqaviy jarayonni chuqurroq o‘rganishga qaratilgan ekspert tadbirlari tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar mintaqaviy xavfsizlik, barqaror rivojlanish va siyosiy vaziyat shakllanishida tahliliy markazlarning o‘rni muhimligini ma’qulladilar.

Uchrashuv yakunida ilmiy-tahliliy hamkorlik sohasida izchil muloqotni davom ettirish va qo‘shma tashabbuslar amalga oshirishga kelishib olindi.

G‘.Xonnazarov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Garvard universitetining Markaziy Osiyo dasturi doirasida hamkorlik rivojlanadi