Namanganda yaşirin ombordan 23 mingdan ziyod dori vositasi topildi
Namangan şahrida yaşovçi, 1996-yilda tuğilgan şaxs öziga tegişli xonadonda yaşirin ombor taşkil etib, dastlabki qiymati 3,3 milliard sömdan ortiq sifati kafolatlanmagan dorilar saqlayotgani aniqlandi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati böyiça boşqarmasi Bojxona, Içki işlar va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda Yangi Namangan tumanidagi «Mingterak» mahallasidagi xonadon közdan keçirilganda:
— xorijda işlab çiqarilgan 156 turdagi kamyob dorilar topilgan;
— ularning umumiy soni 23 432 birlikni taşkil etadi;
— mamlakatimizga noqonuniy olib kirilgan dorilarning qiymati esa 3,3 mlrd sömdan oşadi.
Hozirda kontrafakt ekani gumon qilinayotgan dorilar protsessual tartibda olib qöyilib, ularning xususiyatini aniqlaş uçun ekspertiza tayinlangan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv işlari davom etmoqda.
Hurmatli fuqarolar, kundalik hayotda şu kabi qonunbuziliş holatlariga duç kelsangiz DXXning 1520 qisqa raqamiga qönğiroq qilib, xabar bering. Şaxsingizning sir saqlanişi kafolatlanadi.
Xaridor uçun xulosa:
Har qanday dori vositalarining qimmatligi uning sifati kafolatlanganini anglatmaydi. Dorining narxi yoki xorijda işlab çiqarilganiga qarabgina uning sifati haqida xulosa çiqarmang.
ÖzA