Sirdaryo viloyatining Shirin shahridagi Markaziy madaniyat va istirohat bog‘ida 30 iyun — “Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar uchun bayramona ruhda gala-konsert tadbiri tashkil etildi. “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazilgan ushbu tadbir yoshlarning iqtidori, birdamligi va g‘ayratini namoyon etgan muhim ma’naviy-ma’rifiy maydonga aylandi.

Tadbirni shahar hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Farruh Alimov ochib berdi. U o‘z nutqida bayram bilan ishtirokchilarni samimiy muborakbod etib, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va davlatimiz tomonidan yoshlar masalasiga qaratilayotgan alohida e’tibor haqida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir doirasida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan “Mutolaa”, “Ibrat farzandlari”, “UzChess” kabi megaloyihalarning mazmun-mohiyati atroflicha yoritildi. Loyihalarni keng targ‘ib etish maqsadida maxsus taqdimotlar tashkil etildi. Bu tashabbuslar yoshlarni bilim olish, kitobxonlik, intellektual rivojlanish va ma’naviy kamolga yetaklashda muhim o‘rin tutayotgani ta’kidlandi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan gala-konsert va taqdimotlar yoshlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

–  “Ibrat farzandlari” va “Mutolaa” loyihalari men uchun juda qiziqarli bo‘ldi, –  deydi kollej o‘quvchisi Nilufar Ergasheva.  – Ayniqsa, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishim yanada ortdi. Gala-konsert esa bayramga aylandi — do‘stlarimiz bilan chinakam ijobiy kayfiyatda ishtirok etdik.

–  Bugungi tadbir orqali yoshlarga bo‘lgan e’tiborni yana bir bor his qildik. Loyihalar, chiqishlar va konsert dasturi barchamizga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi. Kelgusida ham ana shunday imkoniyatlardan unumli foydalanib, yurtimiz taraqqiyotiga o‘z hissamizni qo‘shishni niyat qildim, –  dedi tadbir ishtirokchisi Islom Ibrohimov.

Gala-konsertda respublika va viloyatdan kelgan mashhur san’atkorlar hamda yosh ijodkorlar ishtirok etishdi. Ularning ijrosi tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

–  Bu kabi tadbirlar yoshlarni jipslashtiradi, faollikka undaydi. Eng muhimi, biz yolg‘iz emasligimizni, yonimizda davlat va jamiyat borligini his qilamiz. Tadbir har bir yosh uchun rag‘bat manbai bo‘ldi, –  dedi volontyor Behruz Abdullayev.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gala-konsert va taqdimotlar yoshlarga ko‘tarinki kayfiyat va quvonch ulashdi