Yoshlar bilan muloqot va galakonsert
Farg‘ona va farg‘onalik yoshlar uchun payshanba muloqot va bayram kuniga aylandi. Viloyat rahbarlari, shahar-tuman hokimlari, yirik korxona egalari shu kuni yoshlar huzuriga shoshadi.
Har qanday masalaga muloqotlar natijasida yechim topilyapti. Bu gal esa Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomidagi viloyat teatr va konsert saroyi ochiq maydonida Yoshlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan iqtidorli yoshlar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Prezidenti rahbarligida amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati o‘z natijalarini bermoqda. Yoshlar har sohada yetakchilar safidan o‘rin oldi. E’tiborli jihati shundaki, O‘zbekistonning yoshlar masalasidagi siyosati xorijiy mamlakatlarda ham katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Farg‘ona yoshlari oqshomidan yosh iqtidor egalarining galakonserti ham joy oldi.
Muhammadjon Obidov, O‘zA