G‘oliblar – jahon chempionatiga
Poytaxtimizda suzish bo‘yicha O‘zbekiston qishki chempionati yakunlandi.
Poytaxtimizda suzish bo‘yicha O‘zbekiston qishki chempionati yakunlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi va mamlakatimiz Suzish federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada ikki yuz nafardan ziyod sportchi o‘zaro bahslashdi.
100 metrga brass usulida suzishda toshkentlik Vladislav Mustafin oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shu masofaga chalqancha suzishda poytaxtlik yana bir sportchi – Daniil Bulkin birinchi o‘rinni egalladi. Sobit Amilov (Andijon viloyati) 400 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Xotin-qizlar o‘rtasida 100 metrga brass va chalqancha, 400 metrga erkin usulda suzish bahslarida andijonlik Ra’no Omonova g‘alaba qozondi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, suv sporti bo‘yicha 16-jahon chempionatida mamlakatimiz sharafini himoya qiladigan sportchilar tanlab olinadi.