Futzal: Yangi mavsumning yangi maqsadlari va vazifalari belgilandi
Poytaxtimizda jahon futbolining afsonalari bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanidan so‘ng O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov ishtirokida 2026/2027-yilgi futzal mavsumining boshlanishiga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi.
Brifingda O‘FF prezidenti yangi mavsumga tayyorgarlik, Oliy liga musobaqalari reglamentiga kiritilgan muhim o‘zgarishlar, legionerlarga belgilangan limitlar va mazkur qarorlarning asosiy sabablari haqida so‘zlab berdi.

Yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning professional futzalga kirib kelishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va milliy terma jamoaning kelajakdagi salohiyatini yanada oshirish maqsadida Oliy liga jamoalari tarkibiga 2009-yil va undan keyin tug‘ilgan yosh futzalchilarni jalb etish masalasiga e’tibor qaratdi.
Brifingda jurnalistlarning savollariga javob berish asnosida hududlarda futzal uchun zarur sharoitlarni kengaytirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilangani ta’kidlandi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA