Futbol maktablari o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati yakunlandi
O‘FA huzuridagi futbol maktablari o‘rtasida 2009-2014-yillarda tug‘ilgan yosh toifalari bo‘yicha o‘tkazilgan mamlakat chempionati o‘z yakuniga yetdi.
Musobaqalar Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm va Farg‘ona viloyatlarida yuqori saviyada tashkil etildi. Ushbu bellashuvlarda yuzlab iqtidorli yosh futbolchilar maydonga tushib, o‘z mahoratini namoyish etdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Namangan viloyatida o‘tgan bellashuvlarda 2009-yilda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasidagi bahslarda Toshkent viloyati FM jamoasi g‘olib bo‘ldi. Jizzax FM va Navoiy FM jamoalari kuchli uchlikdan joy oldi.

Mazkur chempionat yosh futbolchilarni saralash, iste’dodlarni yuzaga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA