Andijon, Jizzax, Buxoro, Namangan va Samarqand shaharlarida futbol maktablari o‘rtasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari o‘tkazildi. Musobaqalarda beshta yosh toifasida g‘olib va sovrindor jamoalar aniqlandi.
2012 yilda tug‘ilgan futbolchilar o‘rtasidagi bahslar Andijon shahrida tashkil etildi. Qizg‘in va murosasiz o‘tgan o‘yinlar natijasida Namangan viloyati jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Andijon va Farg‘ona viloyatlari jamoalari esa kuchli uchlikdan joy oldi.
Jizzax shahrida 14 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada Farg‘ona viloyati jamoasi zafar quchdi. Toshkent va Xorazm viloyatlari jamoalari ham yuqori natija qayd etib, sovrindorlar qatoridan o‘rin egalladi.

Bellashuvlar davomida tajribali seleksioner va murabbiylar iqtidorli futbolchilarni diqqat bilan kuzatdi. Musobaqa natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoalari uchun yangi iste’dodlar saralab olindi.

Kubok bahslarida quyidagi natijalar qayd etildi:
2010 yil tug‘ilganlar — Buxoro shahri (mezbon):
1-o‘rin — Farg‘ona viloyati
2-o‘rin — Samarqand viloyati
3-o‘rin — Toshkent viloyati
2009 yil tug‘ilganlar — Namangan shahri (mezbon):
1-o‘rin — Namangan viloyati
2-o‘rin — Toshkent viloyati
3-o‘rin — Toshkent shahri
2008 yil tug‘ilganlar — Samarqand shahri (mezbon):
1-o‘rin — Toshkent viloyati
2-o‘rin — Andijon viloyati
3-o‘rin — Navoiy viloyati
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA