BAA futbol assotsiatsiyasi terma jamoa bosh murabbiyi Paulu Bentu iste’foga chiqqanini e’lon qildi.
"JCH-2026" saralashi doirasidagi navbatdagi o‘yinda Shimoliy Koreya jamoasini mag‘lub etib, guruhda 13 ochko bilan 3-o‘rinda borayotgan BAA terma jamoasi bosh murabbiyining iste’fosi sababi ochiqlanmagan.
Aytish lozim, portugaliyalik Bentu 2023 yilning iyul oyidan BAA bosh murabbiyi etib tayinlangan. Ushbu davr mobaynida BAA jamoasi 26 ta o‘yinda maydonga tushgan. Shundan 14 g‘alaba, 5 durang va 7 mag‘lubiyat qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, Amirliklar navbatdagi bahsni 5 iyun kuni o‘z maydonida O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA