Birlaşgan Arab Amirliklarini boşqarayotgan rahbarlar (+video)
Maʼlumki, ÖzA dunyo siyosatining şakllanişiga taʼsir körsatayotgan, geosiyosiy mavqei, iqtisodiy salohiyati, harbiy qudrati va xalqaro maydondagi nufuzi bilan ajralib turadigan davlatlar rahbariyati haqida turkum körsatuvlar tayyorlab kelmoqda. Şu paytga qadar Şimoliy Koreya, Eron, Xitoy, AQŞ, Janubiy Koreya kabi jahon siyosatida muhim örin egallagan yurtlar haqida söz yuritdik.
Endi navbat Yaqin Şarqning iqtisodiy va siyosiy jihatdan yetakçi davlatlaridan biri hisoblangan Birlaşgan Arab Amirliklariga. Neft va tabiiy gaz zaxirasi, ulkan moliyaviy imkoniyati, xalqaro savdo, logistika va turizm sohalaridagi mavqei bilan ajralib turadigan uşbu mamlakat bugungi kunda jahon siyosatiga ham sezilarli taʼsir körsatmoqda.
Qariyb yarim asrlik tarixga ega BAA davlat boşqaruvi tizimi öziga xos xususiyatga ega. Mamlakatda Prezident davlat boşliği, Boş vazir esa hukumat faoliyatiga rahbarlik qiladi. Amirliklar hukmdorlari ham boşqaruv tizimida muhim örin tutadi.
Xöş, bugun BAAni kimlar boşqaryapti? Mamlakatning içki va taşqi siyosati, iqtisodiy taraqqiyoti hamda mudofaa salohiyatini qaysi rahbarlar belgilaydi? Ularning hayot yöli va siyosiy faoliyati qanday keçgan?
Fardona Yaxşiboyeva,
Uluğbek Töxtayev (video),
ÖzA