Bugun AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi “Yer qa’ridan foydalanish markazi” davlat muassasasi direktori o‘rinbosari Elyor Fozilov yer qa’ridan foydalanish sohasida yaratilgan qulayliklar haqida ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, sohadagi 11 turdagi davlat xizmatlari to‘liq elektron shaklga o‘tkazilgan. Bu jarayon tadbirkorlar uchun qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilgan bo‘lib, 15 ta qonunchilik hujjati takomillashtirildi. Xususan, 3 ta qonun, 2 ta Prezident farmoni va 10 ta Vazirlar Mahkamasi qarori qayta ko‘rib chiqilgan.

Shuningdek, “Front-office” mexanizmi orqali tadbirkorlardan arizalar elektron, telefon va to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat shaklida qabul qilinmoqda. Bu tizim orqali 400 dan ortiq tadbirkorlik sub’ektiga amaliy yordam ko‘rsatilgan.

Aholi va tadbirkorlar bilan o‘zaro aloqani yaxshilash maqsadida “Call-markaz” tashkil etilib, 1356 qisqa raqami orqali murojaatlarga tezkor javob berilmoqda.

Joriy yilda yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun 442 ta geologik ob’ekt elektron auksionga chiqarildi. Ular orasida strategik qazilmalar (oltin, ko‘mir, mis va boshqalar) uchun 11 ta ob’ekt taklif etilgan bo‘lsa, shundan 9 tasi sotildi. Noruda xomashyosi bo‘yicha 412 ta ob’ektdan 167 tasi amaliyotga tatbiq etildi. Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun taklif qilingan 19 ta ob’ektning barchasi sotildi.

2024 yil 31 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasining “Yer qa’ri to‘g‘risida”gi yangi qonuni tasdiqlandi. U xorijiy tajribaga asoslanib, mahalliy va xorijiy investorlar uchun o‘zaro manfaatli shart-sharoitlarni kengaytirishga qaratilgan.

Yer qa’ridan foydalanish sohasini raqamlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Geologik ma’lumotlarni va tadbirkorlik hisobotlarini my.gov.uz orqali taqdim etish imkoniyati yaratilgan. Ayni paytda “Geomonitoring” axborot tizimi ishlab chiqilmoqda.

Bugungi kunda tadbirkorlar uchun “Shaxsiy kabinet” modulini yaratish ishlari ham amalga oshirilmoqda. U orqali masofadan ariza topshirish, hisobot shakllantirish va zarur ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyati yaratiladi.

Muxtasar aytganda, yer qa’ridan foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar iqtisodiyotni rivojlantirish va resurslardan samarali foydalanishni ta’minlashga xizmat qiladi.

N.Ziyodullayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Front-office”mexanizmi orqali 400 dan ortiq tadbirkorlik sub’ektiga ko‘mak ko‘rsatildi