Tez kunlarda poytaxtimizda O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi, Fransiyaning mamlakatimizdagi elchixonasi, O‘zbekiston davlat simfonik orkestri hamkorligida Fransuz musiqasi festivalini o‘tkazadi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida mazkur festivalga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda e’tirof etilganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda musiqa san’atini rivojlantirish, bu yo‘nalishda xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga katta e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 12-13 mart kunlari Fransiyaga davlat tashrifi davomida Strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya hamda boshqa kelishuvlarga muvofiq, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, O‘zbekiston davlat simfonik orkestri bilan hamkorlikda Fransuz musiqasi festivali o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning musiqa va san’atga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, ularning musiqa madaniyatini shakllantirish, davlatlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada yuksaltirish va ular o‘rtasidagi do‘stlik, hamjihatlik rishtalarini mustahkamlash, shuningdek, fransuz kompozitorlarining boy musiqiy merosini namoyish etish va yosh ijrochilarni qo‘llab-quvvatlash, ikki mamlakatlar ijrochilarining tajriba almashishlari uchun maydon yaratishdan iborat.

O‘ziga xos musiqa, do‘stlik va san’at bayrami bo‘lgan ushbu tadbir 11 apreldan boshlanib, 30 aprelga qadar davom etadi. Uning dasturi doirasida turli konsertlar, uchrashuvlar, ijodiy anjumanlar, davra suhbatlari, san’atkorlar bilan muloqotlar bo‘lib o‘tadi.

Festivalda fransiyalik Natali Maren (dirijyor), Fransua Shaplen (sozanda), Jan-Batist Roben (sozanda) kabi ko‘plab taniqli ijodkor va ijrochilari ishtirok etadi. Shuningdek, festival doirasida konsert dasturlari, xalqaro darajadagi mahorat darslari hamda xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Fransuz musiqa bayramida taniqli fransuz kompozitorlari Moris Ravel, Klod Debyusi, Pol Duka, Gabriyel For, Kamil Sen-Sans va shu kabi boshqa kompozitorlarning asarlari ijro etiladi.

Ushbu festivalda taniqli fransuz dirijyori Natali Maren, mashhur sozanda (pianono) Fransua Shaplen, Versal saroyining rasmiy organchisi, taniqli organchi va bastakor Jan-Batist Roben, O‘zbekiston xalq artisti Kamoliddin O‘rinboyev boshchiligidagi O‘zbekiston davlat simfonik orkestrining konsert dasturi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Adiba Sharipova, xalqaro tanlovlar laureati Elmira Mirqosimova, O‘zbekiston davlat konservatoriyasining professorlari Ramida Po‘latxonova, Malika Qosimova, dotsentlar Tatyana Myakushko, Javlon Rajabov va professor-o‘qituvchilarning konsert dasturi, konservatoriyada tahsil olayotgan talaba-yoshlarning konsert dasturlari o‘rin olgan.

Festivalni taniqli fransuz ijodkori Natali Marin dirijyorligida O‘zbekiston davlat simfonik orkestrining konsert dasturi bilan ochib beradi.

Fransuz musiqasi festivali bosh dirijyor va badiiy rahbar, O‘zbekiston xalq artisti Kamoliddin O‘rinboyev boshchiligidagi O‘zbekiston davlat simfonik orkestrining katta konserti bilan yakunlanadi.

N.Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fransuz musiqasi festivali bo‘lib o‘tadi