FOTOGALEREYA: Qoraqalpog‘istonda taraqqiyot manzaralari
Mustaqilligimizning 35 yilligi oldidan
«Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va
kelajak yaratamiz!»
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan taqdim etilayotgan mazkur fotogalereyada Qoraqalpog‘iston Respublikasida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, bunyodkorlik ishlari hamda inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan ezgu sa’y-harakatlar o‘z ifodasini topgan.
Bugungi kunda Qoraqalpog‘istonda iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligida zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, hududning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish va ishlab chiqarish quvvatlarini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Fotosuratlarda ta’lim tizimidagi yangilanishlar, zamonaviy maktablar va oliy ta’lim muassasalari, yoshlarning bilim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar ham o‘z aksini topgan. Sog‘liqni saqlash sohasida qurilgan yangi tibbiyot muassasalari, aholiga ko‘rsatilayotgan malakali tibbiy xizmat, raqamli texnologiyalarning amaliyotga joriy etilishi ham hudud taraqqiyotining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
[gallery-30728]
Madaniyat va san’at sohasini qo‘llab-quvvatlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, tarixiy merosni kelajak avlodga yetkazish borasidagi ishlar ham fotolavhalar orqali namoyon bo‘ladi. Sport infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlarni ommaviy sportga jalb etish va xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etayotgan sportchilarning yutuqlari ham ushbu fotogalereyaning muhim mavzularidan hisoblanadi.
Qoraqalpog‘istonning betakror tabiati, boy madaniy merosi va zamonaviy turizm infratuzilmasi hududning sayyohlik salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Bunyodkorlik ishlari natijasida shahar va qishloqlar qiyofasi tubdan o‘zgarib, yangi turar joylar, ijtimoiy ob’ektlar, zamonaviy yo‘llar va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari barpo etilmoqda.
Fotogalereyadan o‘rin olgan har bir surat mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, mamlakatimizda inson manfaati va qadrini ta’minlashga qaratilgan davlat siyosatining amaliy natijalari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining izchil taraqqiyotidan hikoya qiladi. Bu lavhalar yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalqimiz mehnati va bunyodkorlik salohiyatining yorqin ifodasi sifatida ahamiyat kasb etadi.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA