– Rossiyaga qaramlik nafaqat xavfsizligimiz, balki iqtisodiyotimiz uchun ham yomon, – dedi Ursula fon der Lyayen Yevropa parlamenti yig‘ilishida.

“Euronews” xabar berishicha, Yevropa Komissiyasi yetakchisi Ukrainadagi urush tugagach, RFdan qazib olinadigan yonilg‘ini sotib olishda davom etish imkoniyatini butunlay rad etdi va bunday qaror ko‘hna qit’a uchun “tarixiy o‘lchamdagi xato” bo‘lishidan ogohlantirdi.

O‘nlab yillar davomida YeI RFning eng yirik mijozi edi, biroq ko‘p milliard yevrolik tijorat munosabati 2022 yil boshida Putin keng ko‘lamli harbiy amaliyot boshlagandan keyin barbod bo‘lgan. Shundan buyon tuzilma Rossiyada qazib olinadigan yonilg‘i iste’molini qisqartirish bo‘yicha misli ko‘rilmagan choralar ko‘rdi. Jumladan, ko‘mir va dengiz neftiga keng qamrovli taqiq qo‘ydi.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fon der Lyayen: Urushdan keyin “Rossiyaga qaytish” tarixiy xato bo‘ladi