Firibgarlik jinoyatini sodir etgan shaxsga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston shahar sudining 2025 yil 4 iyundagi hukmi bilan 72 million 590 ming so‘m miqdorida jinoiy jarima jazosi tayinlangan. Sud hukmini ijro etish vazifasi Majburiy ijro byurosining Guliston shahar bo‘limiga yuklatilgan edi.

Biroq qarzdor belgilangan ixtiyoriy muddatda jarimani to‘lamay, sud hukmini bajarishdan bo‘yin tovladi. Shu sababli, byuro ijrochilari tomonidan majburiy ijro choralari ko‘rildi.

MIB Guliston shahar bo‘limi davlat ijrochisi Mahmud Karimqulov vaziyatga shunday izoh berdi:

– Sud hukmini bajarishdan bo‘yin tovlagan qarzdorga nisbatan ogohlantirish choralari ko‘rildi. Unga jarimani o‘z vaqtida to‘lamaslik jazoning og‘irroq turiga – ozodlikdan mahrum etishga olib kelishi mumkinligi tushuntirildi. Bu holatni anglab yetgan fuqaro tez orada qarzini to‘liq qopladi. Natijada 72 million 590 ming so‘m jinoiy jarima hamda 3 million 629 ming so‘m ijro yig‘imi undirilib, ijro hujjati to‘liq bajarildi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Firibgardan 72 million so‘m jinoiy jarima undirildi