“FIFA Series – 2026”ni futbolchilarimiz g‘alaba bilan boshladi
Futbol bo‘yicha “FIFA Series – 2026” turniri doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Gabon termasi bilan o‘ynadi.

“Bunyodkor” stadionida o‘tgan mazkur o‘yinda futbolchilarimiz 3:1 hisobida zafar quchdi. Terma jamoamiz gollariga 14-daqiqada Eldor Shomurodov, 59-daqiqada Jahongir O‘rozov, 90+4-daqiqada Alisher Odilov mualliflik qildi. Gabonliklarning yagona goli 6-daqiqada Teddi Averland tomonidan kiritildi.

“Paxtakor” stadionida o‘tgan Venesuela - Trinidad va Tobago milliy terma jamoalari o‘rtasida o‘yin 4:1 hisobida yakunlandi.
Endi 30-mart kuni “FIFA Series – 2026” turniri doirasida O‘zbekiston - Venesuela, Trinidad va Tobago - Gabon terma jamoalari uchrashuviga guvoh bo‘lamiz.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA