“FIFA Series – 2026”: O‘zbekiston terma jamoasi bugun maydonga tushadi
Bugun, 27-mart kuni poytaxtimizda futbol bo‘yicha “FIFA Series – 2026” musobaqasi start oladi va 30-mart kuniga qadar davom etadi. FIFA kunlari doirasida bo‘lib o‘tadigan mazkur turnirda O‘zbekiston, Venesuela, Gabon, Trinidad va Tobago milliy terma jamoalari ishtirok etadi.
Musobaqa doirasidagi ilk uchrashuv “Paxtakor” stadionida Venesuela - Trinidad va Tobago milliy terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Bahs soat 15:00 da start oladi. Biz uchun, ahamiyatli bo‘lgan O‘zbekiston va Gabon terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin “Bunyodkor” stadionida soat 19:00 da start oladi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuvda futbolchilarimiz Gabonga qarshi o‘yinda to‘liq oq libosda maydonga tushadi, darvozabonimiz esa qora libosda harakat qiladi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun bu turnir 2026-yilgi Jahon chempionati oldidan so‘nggi tayyorgarlik bosqichi bo‘ladi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA