FIFA Jahon çempionati translyasiyasidan rekord daromad olişi mumkin
Jahon çempionati translyasiya huquqi narxi 2 milliard dollarga yetişi mumkin.
2030-yilgi futbol böyiça Jahon çempionatining AQŞdagi translyasiya huquqi televizion va striming kompaniyalari örtasida yirik raqobatga sabab bölmoqda. Netflix platformasi mundial uçraşuvlarini namoyiş etiş imkoniyatini qölga kiritiş uçun milliardlab dollar sarflaşni körib çiqmoqda.
DerbyDerbyDerby.it naşrining xabar berişiça, Netflix'ning asosiy raqiblaridan biri Fox telekompaniyasi hisoblanadi. Mazkur kompaniya 2018-yildan buyon Jahon çempionati öyinlarini AQŞ hududida ingliz tilida translyasiya qiliş huquqiga egalik qilib kelmoqda.
FIFA esa navbatdagi mundial translyasiyalari uçun yangi moliyaviy kelişuv tuzişga intilmoqda. Bozor mutaxassislari baholaşiça, AQŞdagi namoyiş huquqi uçun takliflar 1,5–2 milliard dollargaça kötarilişi mumkin.
Bu avvalgi musobaqa körsatkiçlaridan sezilarli darajada yuqori. Xususan, Fox kompaniyasi 2026-yilgi Jahon çempionatini AQŞda ingliz tilida efirga uzatiş huquqi uçun 485 million dollar tölagaņ edi.
Netflix'ning raqobatga qöşilişi FIFAga translyasiya huquqlarini ança qimmat narxda sotiş imkonini berişi mumkin. Şu bilan birga, bu an’anaviy telekanallar va internet platformalari örtasidagi sport translyasiyalari bozorida muhim özgarişlarga sabab bölişi kutilmoqda.
Hozirça 2030-yilgi mundialning AQŞdagi namoyiş huquqi qaysi kompaniyaga nasib etişi noma’lum. Netflix'ning aniq qança mablağ taklif qilişi ham rasman tasdiqlanmagan.