Ekvadorda hakamga toş otgan futbolçi 8 yilga diskvalifikasiya qilindi
Mazkur qarorga 17-oktabr kuni Ekvador çempionatining üçinçi divizioni doirasida yuz bergan hodisa sabab böldi.
Ekvadorda futbol uçraşuvi davomida hakamga jismoniy tajovuz qilgan öyinçiga nisbatan keskin jazo çorasi qöllanildi. Mamlakat futbol federatsiyasi "Syudad-de-Yantsasa" klubi himoyaçisi Jon Perlasani sakkiz yil muddatga futboldan çetlatdi.
Mazkur qarorga 17-oktabr kuni Ekvador çempionatining üçinçi divizioni doirasida yuz bergan hodisa sabab böldi. "Rio-Aguariko"ga qarşi uçraşuvda Perlasa maydon çetidagi hakamga toş otgan va u yordamçi referining yuziga tekkan.
Jarohat jiddiy bölgani sabab hakamga zudlik bilan tibbiy yordam körsatilgan. Şundan söng uçraşuvni davom ettirişning imkoni bölmagan va bahs muddatidan oldin töxtatilgan.
Ekvador futbol federatsiyasi ma’lumotlariga köra, jabrlangan hakam jarrohlik amaliyotini ötkazişiga töğri kelgan. Uning sağayişi va reabilitasiyasi 60 kungaça davom etişi mumkin.
Hodisani örganib çiqqan tartib-intizom qömitasi Jon Perlasani matç rasmiy şaxsiga nisbatan jismoniy tajovuz sodir etişda aybdor deb topdi. Natijada futbolçiga 2034-yil 19-oktabrigaça futbol bilan boğliq har qanday faoliyatda qatnaşiş taqiqlandi.
Jazo faqat futbolçi bilan çeklanmadi. "Syudad-de-Yantsasa" klubi 2 ming AQŞ dollari miqdorida jarimaga tortildi. Şuningdek, jamoa jabrlangan hakamning davolaniş xarajatlari uçun yana 4,3 ming dollar tölaşga majbur qilindi.
Bundan taşqari, klub keyingi uçta uy uçraşuvini öz stadionida ötkaziş huquqidan ham mahrum böldi.