Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiliş borasidagi hamkorlik kuçaymoqda
Qozoğistonning Çimkent şahrida Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar böyiça davlatlararo kengaşning XXXVIII yiğilişi bölib ötdi.
Taʼkidlaş joizki, mazkur kengaş yiğilişlarida anʼanaviy tarzda MDHga aʼzo davlatlarning favqulodda vaziyatlar böyiça masʼul idoralari rahbarlari iştirok etadi. Uşbu tadbir qutqaruv xizmatlari mutaxassislari örtasida tajriba almaşiş, aholi va hududlar xavfsizligini taʼminlaş hamda sohaga oid yangi taşabbuslarni ilgari suriş uçun samarali muloqot maydoni vazifasini ötaydi.
Yiğilişda Özbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri Azizbek Ikromov ham maʼruza qildi. Vazir öz nutqida Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiliş tizimiga qaratilayotgan alohida eʼtiborga töxtalib ötdi.
Şuningdek, vazirlikning moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qiliş va kadrlar salohiyatini yangi sifat bosqiçiga olib çiqiş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Yakunda MDH davlatlari örtasida sohaga oid hamkorlikni yanada kuçaytirişga qaratilgan qator amaliy takliflar ilgari surildi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumotiga köra, yiğiliş doirasida masʼullar maxsus texnikalar körgazmasi bilan ham yaqindan tanişdi.
A.RUSTAMOV,
ÖzA