Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha hamkorlik
Favqulodda vaziyatlar vaziri Azizbek Ikramov va Turkiya Afad boshqarmasi rahbari Ali Hamza Pehlivan o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ikki davlat favqulodda vaziyatlar idoralari rahbarlari so‘nggi yillarda tajriba almashish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish yo‘nalishlarida amaliy hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Xususan, eng muhim yo‘nalishlardan biri sifatida malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish, ilmiy va innovatsion tadqiqotlarni takomillashtirish hamda ularning amaliy natijalarini amaliyotga keng joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bu borada ilg‘or tajribalarni o‘rganish, ilmiy muassasalar va amaliy tuzilmalar o‘rtasida uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, professional kadrlarni zamonaviy dual ta’lim tizimi asosida o‘qitish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA