Xalqimiz farzandlari o‘zidan o‘zishini niyat qilib yashaydi. Shu yo‘lda umr bo‘yi kurashadi. Mustaqillik yillarida mamlakatimiz ta’lim tizimidagi keng qamrovli islohotlar tezda samara berib, jahon hamjamiyatining havasini keltirayotgani bejiz emas.

Xalqimiz farzandlari o‘zidan o‘zishini niyat qilib yashaydi. Shu yo‘lda umr bo‘yi kurashadi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimiz ta’lim tizimidagi keng qamrovli islohotlar tezda samara berib, jahon hamjamiyatining havasini keltirayotgani bejiz emas. Zotan, O‘zbekistonda taraqqiyotning muhim bo‘g‘ini va barcha islohotning pirovard maqsadiga aylangan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli bo‘lishlari shart” degan g‘oyasi xalqimiz qalbida hamisha nish urgan azaliy orzu-umidlardan suv ichgan.

“Microsoft” mutaxassislarining hayrati

“...Maktab binolari yaroqsiz bo‘lib qolmoqda, minglab maktablar va boshqa sotsial, madaniy, maishiy obyektlar avariya holatidadir. Endi bunga toqat qilib bo‘lmaydi”...

“...Eng avvalo, bolalar bog‘chasidan boshlab oliy maktablarimiz, texnikumlar, hunar-texnika bilim yurtlarimizda, maktablarimizda barcha zarur sharoitni yaratmoq kerak»...

“...Yoshlar tarbiyasi bilan bevosita mashg‘ul bo‘lgan, o‘z umrini shu muqaddas ishga bag‘ishlagan o‘qituvchilarimizga e’tibor haqida esa gapirib o‘tirmasa ham bo‘ladi, deb o‘ylayman. Biz hali ularga chinakam g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotganimiz yo‘q. Bu masalani ham chuqur o‘ylash kerak”...

Bu iqtiboslar mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobidan. Ular ertangi hayoti uchun kafolat so‘rayotgan xalqimiz qoshida, shiddatli kurashlar, tinimsiz bahs va munozaralar chog‘ida, achchiq hayotiy tajribalarda aytilgan.

Bir tasavvur qilaylik: o‘sha vaqtda respublikada g‘oyat qaltis va nosog‘lom vaziyat hukmron edi. Xo‘sh, shunday o‘ta murakkab va xatarli, xalqimizning bir burda non topishi ulkan mashaqqatga aylangan og‘ir sharoitda O‘zbekiston rahbari qancha murakkab iqtisodiy-siyosiy masalalar turganda, nega mamlakat taqdiri va kelajagini hal etadigan eng muhim masalalardan biri sifatida aynan ta’lim tizimiga e’tibor qaratdi? Buning javobi oddiy: yoshlar hamisha jamiyatning eng muhim boyligi va uni harakatga keltiruvchi kuch bo‘lgan. Yoshlar kamolotiga yo‘naltirilgan sarmoya kelajakka sarmoyadir. Buni ustuvor vazifa sifatida tanlagan mamlakatgina taraqqiyotga erishishi aniq, yuksak bilimli jamiyatgina zamonaviy tahdid va muammolarni yengib o‘tishga qodir.

Shu bois mamlakatimizning Birinchi Prezidenti bu boradagi konseptual yondashuvlar, amaliy fikr-mulohazalar, qat’iy xulosa va takliflar yakunini murakkab, keskin va inqirozli vaziyatda – 1990-yil 4-avgustdagi katta majlisda ulkan donishmandlik, fidoyilik va jasorat bilan kun tartibiga qo‘ydi: “...Bizga kadrlar tayyorlashning maxsus milliy dasturi kerak”. Ha, bugun jahon jamoatchiligi keng e’tirof etayotgan, dunyoda o‘xshashi kam O‘zbekistonning Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga hali mamlakatimiz mustaqil bo‘lmay turib asos solingandi.

Prezident Islom Karimov mustaqillik davrida imzo chekkan ilk farmonlar o‘qituvchilarni ijtimoiy jihatdan himoya qilishga qaratildi: ularning uy-joylari tekin xususiylashtirib berildi, qator soliq va to‘lovlardan ozod etildi. Yer uchastkalari, qurilish materiallari taqsimlanayotganda birinchi navbatda o‘qituvchilarga berilsin, deyildi. Bu orada muallimlarning maoshlari bir necha marotaba oshirildi. “Sog‘lom avlod uchun” ordeni ta’sis etilganda ham dastavval o‘qituvchi-pedagoglarni ma’naviy rag‘batlantirish ko‘zda tutilgandi.

Mustaqillikning ilk yillarida boshlang‘ich sinfda o‘qiganlar yaxshi eslaydi: o‘sha paytlar qishga borib, maktabimizga qatnaydigan bolalar siyraklashib ketardi: kimning usti yupun, birovning oyog‘i. Boz ustiga sinfxonalar isimaydi. Chunki o‘sha yillarda maktablarning 43 foizi eski shiypon yoki qandaydir biror moslashtirilgan imoratda joylashgandi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining uzviy va mantiqiy davomi bo‘lmish Maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi doirasida 2004-2009-yillarda 8501, 2010-2016-yillarda 2226 maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Endi maktabga borgan paytlarimni eslasam, butun boshli sinf ikki-uch darslikni navbat bilan o‘qigani ko‘z oldimga keladi. Darslik yana qo‘limizga kelganda, chorak tugagan bo‘lardi. Bugun har yili o‘rtacha 26-28 million nusxada darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar, ularning multimedia ilovalari umumta’lim maktablariga yetkazilmoqda.

Uchinchi sinf edik. Birdan daftar kamayib, narxi oshib ketdi. Ayrim sinfdoshlarim karton qog‘ozlarga konspekt qilardi. Ota-onam o‘qituvchi bo‘lgani uchun uyimizda insho-diktant mo‘l edi – barida yozilmagan bir varaq bor-da. Bir kuni erinmay, shulardan oppoq varaqlarni yirtib, to‘pladim. Onam muqova qo‘yib, mashinada tikib berdi: “yo‘l-yo‘l”mi, katakmi – aralash bo‘lsa-da, salkam 200 betlik umumiy daftar. Onam “bunaqasini hatto bozorda sotmaydi”, deb kulib boshimni siladi. Keyin yig‘ladi... Bugun manzara butkul boshqacha: har yili tashkil etilayotgan maktab yarmarkalarida 26 turdagi zarur o‘quv qurollari va jihozlari sotuvi yo‘lga qo‘yilmoqda. Birgina joriy yilning yarmida 44,4 million dona yozuv daftari ishlab chiqarilgan. Rasm, kundalik yo yozuv daftarlari haqida gap ketsa, endi asosan ularning ekologik tozaligi va sifati, muqovasining milliy qadriyatlarimizga mos, o‘quvchi-yoshlar ongiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi yurtimiz manzaralari, buyuk allomalarimiz suratlari bilan bezatilgani borasida bosh qotiramiz.

Yana esimda qolgani: o‘sha vaqtlar adirga chiqib, jayra sixlarini terardik. Orasiga “sterjen” qo‘ysangiz, “antikvar” ruchka bo‘lardi. Chunki bitta ruchkaning puliga o‘nta “sterjen” berardi. Beso‘naqay sumkada bitta six-ruchka, uch-to‘rt daftaru qalam bo‘lardi, xolos. Oddiy o‘chirg‘ichu chizg‘ich sinfda sanoqli, kimdadir oddiy kalkulyator bo‘lsa – havasga qolgan, akvarelu sirkul deganlari, odatda, chizmachilik o‘qituvchisida bor edi. Mustaqillik yillarida ta’lim muassasalarini o‘quv mebellari bilan jihozlash 78,1 foizga yetdi. Bugun maktablarning 87,8 foizida fizika, 88,2 foizida kimyo, 88,1 foizida biologiya laboratoriyalari ishlab turibdi, 81,5 foiz maktablar o‘quv komputer sinflariga ega. Informatika, kimyo, ingliz tili, fizika kabi fanlarda interfaol elektron doskadan foydalanilmoqda. O‘qituvchi xohlasa mavzuni videoroliklar, suratlar, slaydlar vositasida o‘tadi. Monitorda istagancha gap yozish mumkin. O‘quvchilar barcha matnni saqlab, flesh-kartaga yozib uyiga olib ketadi.

– O‘ttiz ikki yil oldin maktabda ish boshlagandim, biroq komputer o‘zi nimaligi haqida umumiy tasavvurimiz bor edi, xolos, – deydi Chilonzor tumanidagi 90-umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi, O‘zbekiston xalq o‘qituvchisi Baxtiyor Karimov. – O‘sha vaqtlar ta’lim tizimidagi ilk komputer – “Pravets-8A”ni zo‘r berib o‘rganayotgan vaqtimiz u Yevropada allaqachon eskirib ulgurgandi. 1985-yildan “kompyuterli avtobus”lar yo‘lga qo‘yildi: yirik komputerni ortgan avtobus maktablarga kelar, ularga maktab o‘quvchilari chiqarilib, dars o‘tilardi. Bu ham butun Toshkentda 2-3 ta bo‘lib, bolalar “kompyuterli avtobus” qachon kelarkan, deb ko‘z tikib o‘tirishardi. Bugun o‘quvchilar qo‘lida minikompyuter – zamonaviy mobil telefon, maktablarimizda 1-sinfdayoq barcha fan to‘liq ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida o‘qitilmoqda. Ilgariroq AQShga – “Microsoft” korporatsiyasining bosh ofisiga bordik. Yonimda o‘zimizning darsliklardan olvolgandim. “Microsoft” mutaxassislari “bizda o‘quvchilar informatikani mustaqil o‘rganadi, ota-onalar buning uchun pul to‘lab, o‘qituvchi yollaydi. Mamlakatingizda yoshlar bu sohadan tekin, yana zamonaviy ta’lim olsa, qanday katta imkoniyat-a”, deb qoyil qolishdi. Ular yana aytdiki, “Agar O‘zbekiston yoshlari informatika fani asoslarini shunday zamonaviy sharoitda o‘rganayotgan bo‘lsa, hademay eng kuchli dasturchilar O‘zbekistondan chiqishiga shubha yo‘q”.

Yana bir gap: ilgari, odatda, shahar va unga yaqin hududlardagi maktablarda o‘qigan bolalargina chet tillarini puxta o‘zlashtirardi. Bugun bu boradagi tafovut kun sayin qisqarmoqda. Birinchi Prezidentimizning 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-chadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra 2013-2014 o‘quv yilidan maktablarimizda chet tillari 1-sinfdan boshlab o‘qitila boshlandi. Buning samarasida bugun 1-sinf o‘quvchilari chet tilidagi 150 so‘zni, 2- va 3-sinf o‘quvchilari esa o‘qish, yozish va chet tilida muloqotda bo‘lishni (400 so‘z) o‘rganmoqda. Umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining 5-6-sinf o‘quvchilariga nisbatan og‘zaki nutqda so‘zlar lug‘ati boyligi, talaffuzi va so‘z birikmalaridan foydalanish darajasi bo‘yicha ustunlik kuzatilmoqda.

“Portlash effekti”ning hayotiy samaralari

Kadrlar tayyorlash milliy dasturidan asosiy kutilgan natijalar nima edi? Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov buni 1998-yili “Tafakkur” jurnali bosh muharririning savollariga bergan javoblarida shunday ifoda etgandi: “Ishonchim komil: agar bu islohotni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshira olsak, tez orada biz hayotimizda ijobiy ma’nodagi “portlash effekti”ga, ya’ni uning samarasiga erishamiz”...

Bu “portlash effekti”ning birinchi samarasi – ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta’sir qildi: farzandlarimizning har daqiqa vaqti unumli, foydali va samarali mashg‘ulotlar bilan to‘ldirildi. Bu mamlakatimizdagi mavjud muhitni butunlay ijobiy tomonga o‘zgartirdi. Masalan, bugun umumta’lim maktablarida 150 mingdan ortiq fan to‘garaklari tashkil etilgan. Ularga 2,8 milliondan ziyod o‘quvchilar qamrab olingan. Mamlakatimizdagi 211 “Barkamol avlod” bolalar markazidagi 5 mingdan ortiq texnik, badiiy ijodiyot, o‘lkashunoslik va ekologiya yo‘nalishlaridagi to‘garaklarda 114 mingga yaqin o‘quvchi-yoshlar qiziqishlari bo‘yicha boshlang‘ich kasb-hunar sirlarini o‘rganmoqda. Istiqlol yillarida 300 ga yaqin musiqa va san’at maktablari, 1,9 mingdan ziyod sport inshootlari bunyod etildi. So‘nggi o‘n yilda bolalar va o‘smirlar o‘rtasida sport bilan muntazam shug‘ullanish darajasi 30 foizdan 57 foizga, qizlar o‘rtasida 24 foizdan 47 foizga yetdi. Bolalar musiqa va san’at maktablariga 2008-yili 38 ming o‘quvchilar qamrab olingan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 59,3 ming nafarni tashkil etmoqda. Bularning samarasida mustaqillik yillarida mamlakatimiz maktab o‘quvchilari xalqaro fan olimpiadalarida 253 medallar shodasini (shundan 20 tasi oltin), turli nufuzli xalqaro musiqa va san’at tanlovlarida 47 ta Gran-pri, 310 ta 1-o‘rin, 182 ta 2-o‘rin va 194 ta 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Xalqaro sport musobaqalarida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 2,1 mingdan ziyod medallarga ega chiqdi. Ulardan 843 tasi oltin medallardir.

– Siz aytgan “portlash effekti”ning yana bir samarasi – O‘zbekistonda 9+3 sxemasi bo‘yicha 12-yillik umumiy majburiy bepul ta’lim tizimi joriy etilgach, insonning hayotdan o‘z o‘rnini topish jarayoni tezlashdi, – deydi O‘zbekiston Qahramoni, Qarshi shahridagi 2-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi Muhabbat Sharapova. – Bugun umumta’lim maktabini bitirgan bolalar kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda tahsil olib, fanlar bilan birga mehnat bozorida talab qilinadigan 2-3 mutaxassislik bo‘yicha kasb-hunar ham egallamoqda. Chunki har qanday o‘smir endi voyaga yetib kelayotgan davrida jamiyatdan munosib o‘rnini topa olmasa, bu noxush oqibatlarga, ba’zan og‘ir ijtimoiy larzalarga sabab bo‘lishi mumkin. Bugun yigit-qizlarimizning ishda, turmushda, oila va jamoa orasida o‘z o‘rnini topa olayotgani ularning jamiyatda o‘z qadrini mustahkamlashida nihoyatda muhim omil bo‘lmoqda. O‘z qadriga, o‘z sha’niga ega inson hayotda har qanday to‘siq va qiyinchiliklarni yengib o‘ta oladi. O‘z fikri, maqsadi va orzulariga ega inson hech qachon beqaror va salbiy ta’sirlarga berilmaydi, shaxs sifatida yemirilmaydi. O‘zbek milliy ta’lim modeli orqali, avvalo, ana shu vaziyatning oldi olindi. Chunki ma’lum ixtisosga ega bo‘lib, hayotga yo‘llanma olgan, dunyoga umid bilan qadam qo‘yib kelayotgan navnihol inson hayotda munosib o‘rnini topsa, turmushidan, taqdiridan, Vatanidan rozi bo‘lib yashaydi, umr bo‘yi bunyodkorlik bilan mashg‘ul bo‘ladi.

Bilim – butun hayot davomida har bir inson uchun

Yaqinda BMT Bosh kotibining 8-sentabr – Xalqaro savodxonlik kuni munosabati bilan yo‘llagan murojaatidagi mana bu raqamlarga e’tibor beraylik: “dunyoda 750 million kishi savodsiz, ulardan 115 millioni yoshlardir. Uchdan bir qismi – ayollar. 250 millionga yaqin maktab yoshdagi bolalar asosiy ko‘nikmalarga ega emaslar, 124 million bola va o‘smir umuman ta’lim olish imkoniyatiga ega emas...”.

Ha, bugun jahonning turli mintaqalaridagi inqirozlar oqibatida millionlab yoshlar maktab ostonasini hatlamay ko‘chada katta bo‘lmoqda. Vaholanki, ularning birortasi iqtidordan – nimagadir qodirlikdan mosuvo, deya olmaymiz. Chunki har farzand qalbida bir daho yashaydi. Biroq iqtidorning shakllanishi, iste’dod sifatida namoyon bo‘lishi, avvalo, o‘sha mamlakatda yoshlarning kamol topishi uchun qay darajada imkoniyat va sharoit yaratilganiga bog‘liq.

Shukrki, bu borada mamlakatimiz yoshlari – baxtli bolalar. O‘zbek ta’lim tizimi – o‘z kelajagini ko‘zlab yo‘lga chiqqan yosh avlod uchun intilish va mahorat beshigi bo‘layotganini bugun jahon hamjamiyati haqli ravishda e’tirof etmoqda. Birgina 2012-yil 16-17-fevral kunlari Toshkentda o‘tgan “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzuidagi xalqaro konferensiya yakuniy hujjati – rezolutsiyasini eslaylik. Ushbu xalqaro hujjatda muhim bir jihat alohida ta’kidlangan: O‘zbekistonda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “Bilim – butun hayot davomida har bir inson uchun” konsepsiyasiga asoslanadi. Chunki mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasiga har yili sarflanayotgan xarajatlar yalpi ichki mahsulotning 10-12 foizini tashkil etmoqda. Bu YuNESKOning mamlakatni barqaror rivojlantirishni ta’minlash uchun ta’limga yo‘naltirilishi zarur bo‘lgan investitsiyalar miqdori bo‘yicha tegishli tavsiyalaridan, ya’ni 6-7 foizdan qariyb 2 barobar ko‘p.

Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya, ilm-fan rivojiga, yoshlarimizning chuqur bilimga ega bo‘lishi, chet tillarini va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallashini ta’minlashga bugun ham davlat siyosatining ustuvor vazifasi sifatida qaralmoqda. Bu yana ming-minglab iste’dodning sayqal topishi, mahoratlar charxlanishi, buloqlar ko‘z ochishi demakdir. Tanlagan sohasi sirlarining oxiriga yetishni istagan bu yoshlarning o‘yi so‘ziga, so‘zi amaliga, amali o‘yiga uyg‘un. Zotan, maqola avvalida eslaganimiz “Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli bo‘lishlari shart” g‘oyasi xalqimiz umr mazmunining o‘zagi bo‘lgani uchun ham kundalik hayotimizda chuqur o‘rnashib, amaliy ishlarga ko‘chdi va elimiz omon ekan, xalqimiz qalbida ne-ne avlodlardan meros yengilmas kuch – yuksak ma’naviyat o‘z so‘zini aytaveradi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli va baxtli bo‘lib o‘smoqda