«Ijodiy bahs»: Yoş isteʼdodlar kaşf etilmoqda
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining Faollar zalida «Xiyobon oqşomlari» maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlari doirasida navbatdagi «Ijodiy bahs» şeʼriy va nasriy asarlar bellaşuvi taşkil etildi. Bu gal unda Qoraqalpoğiston Respublikasi va Navoiy viloyatining yoş ijodkorlari özaro kuç sinaşdi.
Adabiyot — qalblar muloqoti, fikrlar tutaşadigan, isteʼdodlar toblanadigan maydon. «Ijodiy bahs» loyihasi ham ana şu maqsadga xizmat qilib, yoş qalamkaşlarga öz ijodini namoyon etiş, tengdoşlari bilan fikr almaşiş va adabiy mahoratlarini sinab köriş imkonini bermoqda.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi Yoş ijodkorlar bilan işlaş bölimi taşabbusi bilan 2023-yil sentabr oyidan buyon muntazam ötkazib kelinayotgan mazkur loyihaning asosiy maqsadi — yoş isteʼdodlarni kaşf etiş va qöllab-quvvatlaş, ularning badiiy ijodga bölgan qiziqişini rağbatlantiriş, mahoratini oşiriş hamda ijodkorlar örtasida samimiy muloqot va tajriba almaşiş muhitini yaratiş.

Bu galgi bellaşuvda Qoraqalpoğiston Respublikasi şarafini Muhameddin Aytjanov, Allayar Darmenov, Gözal Jumamuratova va Quvandiq Biysenbayev himoya qilgan bölsa, Navoiy viloyati jamoasi tarkibidan Mohira Eşpölatova, Ölmas Raimqulov, Flora Uzoqova va Faxriyor Baxtiyorov örin oldi.
Ijodiy bahsga ijodkorlar Alişer Nazar va Gulnoz Möminovadan iborat hakamlar hayʼati hakamlik qildi. Ular iştirokçilarning asarlarini belgilangan mezonlar asosida baholaş bilan birga, yoş qalamkaşlarning ijodiy izlanişlari, şeʼr va nasrdagi öziga xos yondaşuvlari, badiiy mahorati haqida ham öz fikr-mulohazalarini bildirdi.
Bellaşuv şartlariga muvofiq, şeʼrlar iştirokçilar tomonidan jonli tarzda öqib eşittirildi va hakamlar tomonidan baholandi. Nasriy asarlar esa mualliflarning ismi-şarifi körsatilmagan holda hakamlarga taqdim etildi. Bu esa asarlarni muallif şaxsidan kelib çiqmagan holda, faqat badiiy saviyasi va mazmuniga qarab baholaş imkonini berdi.

Har ikki yönalişda töplangan ballar umumlaştirilib, jamoalarning yakuniy natijalari aniqlandi. Belgilangan tartibga köra, ğolib jamoa tanlovning keyingi bosqiçida iştirok etiş huquqini qölga kiritdi. Şuningdek, jamoa tarkibida eng yuqori natija qayd etgan ikki nafar yoş ijodkorga ham keyingi bosqiçda yangi jamoa safida qatnaşiş imkoniyati berildi.
Eʼtiborlisi, «Ijodiy bahs»ning ahamiyati faqat ğoliblik yoki yuqori ball bilan ölçanmaydi. Bu yerda yoş ijodkorlar bir-birining asarlarini tinglaydi, öz qaraşlarini bayon etadi, fikr-mulohazalardan xulosa çiqaradi. Eng muhimi, bunday uçraşuvlar ularni izlanişga, öz ustida işlaş va ijodda yangi marralar sari intilişga undaydi.
Tadbirda Yozuvçilar uyuşmasi aʼzolari, yoş ijodkorlar, talabalar, badiiy adabiyot ixlosmandlari va keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi.
N.Usmonova,
ÖzA