Farğonada tibbiy xizmat imkoniyatlari kengaymoqda
Farğona viloyatida soğliqni saqlaş muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş, zamonaviy diagnostika va davolaş imkoniyatlarini kengaytiriş, aholiga sifatli tibbiy xizmat körsatiş borasida izçil işlar amalga oşirilmoqda.
Jumladan, Farğona şahar köp tarmoqli markaziy poliklinikasi kapital taʼmirdan söng zamonaviy qiyofa kasb etdi. Muassasada bemorlar va tibbiyot xodimlari uçun qulay şaroitlar yaratilib, xonalar yangi tibbiy uskunalar bilan jihozlandi.
Xususan, laboratoriyaga örnatilgan immunoximik analizator gormonlar böyiça qon tahlillarini ötkaziş imkonini bermoqda. Xotin-qizlar maslahatxonasida ham zamonaviy diagnostika imkoniyatlari kengaytirildi.Yil boşidan buyon bölimga 2 ming 997 nafar ayol murojaat qilgan. Janubiy Koreyada işlab çiqarilgan Dr.Camscope raqamli videokolposkopi yordamida ötkazilgan tekşiruvlarda 107 nafar ayolda ginekologik, jumladan, onkologik kasalliklar erta aniqlangan.
Poliklinikada 10 örinli kunduzgi statsionar, nikohlanuvçilarni tibbiy körikdan ötkaziş, fizioterapiya xonalari va boşqa bölimlar faoliyat yuritmoqda. Tibbiyot xodimlarining malakasini oşirişga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.
— Loyihalarimiz “Oçiq byudjet” dasturi doirasida tört marta ğolib böldi, - deydi poliklinika boş şifokori Abduvahob Arabboyev. — Ajratilgan mablağlar hisobidan bolalar bölimi taşkil etildi, tibbiy uskunalar xarid qilindi va kapital taʼmirlaş işlari bajarildi. Şuningdek, xotin-qizlar maslahatxonasi uçun homilador ayollarni perinatal skriningdan ötkazişga möljallangan ultratovuş apparati xarid qilindi.
Viloyat köp tarmoqli tibbiyot markazida ham keng kölamli yangilanişlar amalga oşirilmoqda. 365 öringa möljallangan muassasada 750 nafardan ziyod xodim faoliyat yuritadi.
Markaz boş şifokori Odiljon Umarovning taʼkidlaşiça, sönggi yillarda pulmonologiya, otorinolaringologiya, nevrologiya, kardiologiya, reabilitatsiya, klinik laboratoriya bölimlari hamda konsultativ poliklinika taʼmirlandi. Şuningdek, muassasa uçun 17 turdagi zamonaviy tibbiy apparatura va zarur asbob-uskunalar xarid qilindi.
Markazda tibbiyot taʼlimi va amaliyot uyğunligini taʼminlaşga ham eʼtibor qaratilmoqda. Farğona jamoat salomatligi institutining klinik kafedralari uçun 11 ta öquv xonasi va konferensiya zali ajratilgan. Bu yerda talabalarning amaliy maşğulotlar ötaşi, professor-öqituvçilarning davolaş jarayonlarida iştirok etişi uçun şaroit yaratilgan.
Şuningdek, markaz şifokorlari tomonidan xirurgiya, travmatologiya va klinik laboratoriya yönalişlari böyiça uçta öquv dasturi işlab çiqilgan. Xorijda tahsil olgan, ilmiy darajaga ega yoş mutaxassislarni işga jalb etişga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.
[gallery-32387]
Tibbiyot muassasalarida amalga oşirilayotgan bunday yangilanişlar kasalliklarni erta aniqlaş, davolaş samaradorligini oşiriş hamda aholiga körsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yaxşilaşga xizmat qilmoqda.
Muqimjon QODIROV (surat), ÖzA