Farg‘onada sport infratuzilmasi va mavjud imkoniyatlar o‘rganildi
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari A. Karimovning Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida hududlarda sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud infratuzilma va istiqboldagi rejalar o‘rganildi.
Xususan, Yozyovon tumanida yaqinda foydalanishga topshirilgan sport maktabi binosi, markaziy o‘yingoh hamda sport to‘garaklari faoliyati ko‘zdan kechirildi. Tumanda sport sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan yangi loyihalar taqdimoti o‘tkazilib, sport inshootlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
[gallery-31428]
Buvayda tumanidagi sport maktabi va “Bachqir” sport majmuasida yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, mashg‘ulotlar jarayoni, moddiy-texnik baza hamda futbol maydoni imkoniyatlari o‘rganildi. Ob’ektlarning isitish tizimlarini soz holatga keltirish va kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarga e’tibor qaratildi.
Rishton tumani sport maktabida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari ham ko‘zdan kechirildi. Bu yerda yaratilayotgan sharoitlar va kelgusida sport infratuzilmasini rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, geokollektor tizimlaridan samarali foydalanish, ularning imkoniyatlarini kengaytirish hamda sport ta’limi muassasalarini kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Tashrif yakunida sport ob’ektlaridan samarali foydalanish, yoshlarni sportga keng jalb etish, mashg‘ulotlar sifatini oshirish, muhandislik va isitish tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA