Farğona va Yevropa davlatlari hamkorligi kengaymoqda
Farğona viloyati tobora Yevropaning köproq davlatlari bilan iqtisodiy munosabatlarni yölga qöymoqda. Fransiya, Italiya, Germaniya kabi mamlakatlar kompaniyalari Farğonada işlayotganiga bir neça yillar böldi. Sönggi paytda esa ular qatoriga Şveysariya qöşildi. Bugun Farğona viloyatida Şveysariya kapitali iştirokidagi 6 ta korxona faoliyat körsatmoqda. 2026-yilning şu davriga qadar Şveysariya bilan hamkorlikdagi bir neça loyihalar doirasida 35 million dollarlik investitsiya özlaştirilgan. Şuningdek, özaro savdo aylanmasi 2,1 million dollarni taşkil etgan. Ammo hali oldinda keng imkoniyatlar mavjud. Ulardan samarali foydalaniş maqsadida Farğonaga Şveysariyaning Özbekistondagi Favqulodda va muxtor elçisi Simon Giger taşrif buyurdi. Uni viloyat hokimi Xayrullo Bozorov qabul qildi.
Uçraşuvda köp qirrali hamkorlikni kengaytiriş, qöşma sarmoya loyihalarini amalga oşiriş, savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi.
Elçi Simon Giger Farğonaning betakror tabiati, gözal manzaralari, boy hunarmandçilik anʼanalari, madaniy hayoti va iqtisodiy salohiyati unda katta taassurot qoldirganini taʼkidladi.
Muloqotda viloyatning “Fitch Ratings” va “S&P Global Ratings” xalqaro reyting agentliklari tomonidan baholangani hududning investitsiyaviy jozibadorligi va xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirişda muhim ahamiyat kasb etişi qayd etildi.
Qişloq xöjaligi, meva-sabzavot eksporti, farmatsevtika, sanoat, töqimaçilik va boşqa yönalişlardagi hamkorlikni rivojlantiriş, yangi istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş, mutaxassislar tayyorlaş, Şveysariya kompaniyalarini va investitsiyalarni viloyatga faol jalb etiş hamda hududlararo aloqalarni mustahkamlaş masalalari körib çiqildi.
Özaro manfaatli hamkorlikni yangi yönalişlarda kengaytiriş va muloqotlarni muntazam davom ettirişga kelişib olindi.
Muhammadjon Obidov,
ÖzA