AQŞ va Xitoy örtasidagi harbiy kuç tafovuti qisqarmoqda
Avstraliyaning Loui instituti hisobotiga köra, AQŞning Xitoydan harbiy salohiyat va Osiyodagi umumiy taʼsiri böyiça ustunligi 2018-yildan keyingi eng past körsatkiçga tuşgan.
Qöşma Ştatlar umumiy reytingda 100 ballik meʼyor böyiça 78,9 ball bilan birinçi örinni saqlab qoldi, Xitoy esa 73,6 ball bilan ikkinçi örinni egalladi. Oradagi 5,3 ball farq tadqiqot boşlangandan buyon eng kam. Harbiy salohiyat böyiça AQŞ 87,4 ball, Xitoy esa 72,1 ball töpladi.
– 2026-yil fevral oyida boşlangan AQŞ – Eron uruşi tufayli uzoq masofaga uçadigan raketa zaxirasi tugab, Amerikaning harbiy imkoniyatini zaiflaştirdi, – deyilgan bayonotda.
Şuningdek, mualliflar zaxira Yaqin Şarqqa köçirilişi AQŞ eʼtiborini Osiyodan çalğitgani, Xitoy esa armiyasini modernizatsiya qilişda davom etgani va mintaqa böylab diplomatik aloqani mustahkamlaganiga urğu bergan.
AQŞning diplomatik taʼsir körsatkiçi olti ball kamayib, 76,7 ga tuşdi. Bu indeks tarixidagi ketma-ket törtinçi yil kuzatilgan va eng keskin pasayiş. Xitoy ayni körsatkiç böyiça 98,4 ball bilan birinçi öringa kötarilgan, AQŞ esa Yaponiyadan keyin uçinçi örinni band etgan.
Loui instituti Osiyo Kuçlari indeksini 2018-yildan beri tuzib keladi. Tadqiqotçilar 27 mamlakat va hududning Osiyo-Tinç okeani mintaqasidagi voqealarga taʼsir körsatiş qobiliyatini baholaydi. Röyxatda harbiy va iqtisodiy salohiyat, mudofaa aloqasi va diplomatik taʼsir kabi 131 körsatkiç hisobga olinadi.
S.Rahimov, ÖzA