Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi ishlab chiqaruvchi, tadbirkor va ta’lim sohasining bir guruh rahbar hamda vakillari Germaniya Respublikasiga tashrif buyurib ikki tomonlama manfaatli shartnomalar tuzdi. Muhokama etilgan va o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan sohalar ichida ta’lim yo‘nalishida bir qancha amaliy natijalarga erishildi. Bu, ayniqsa, yoshlarning kelajagi va kadrlar salohiyatini oshirish nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega. Xususan, Farg‘ona davlat universiteti rektori sifatida Konstans universiteti va Niderrayn Amaliy Fanlar universiteti rahbariyati bilan tashkil etilgan uchrashuvlarimiz samarali natijalar berdi.

Konstans universiteti bilan erishilgan kelishuvlar doktorantlar uchun yiliga ikki marta bir oylik grant stipendiyalari ajratilishini nazarda tutadi (har oyiga 1500 yevro miqdorida). Bu yosh tadqiqotchilarga ikki oy davomida Konstansda ta’lim olib, ilmiy izlanishlarini davom ettirish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, 2025 yil sentyabr oyida Farg‘ona davlat universitetida turizm sohasiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazish va universitet talabalari uchun Konstans universitetida turizm yo‘nalishida 3 kunlik o‘quv oromgohlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Bu kabi tashabbuslar Farg‘onaning turizm salohiyatini oshirishda va yosh mutaxassislar tayyorlashda muhim rol o‘ynaydi.

Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, Farg‘ona davlat universiteti dunyoning yetakchi mamlakatlaridagi oliy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Yaponiya, Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya kabi davlatlarning nufuzli universitetlari bilan ta’lim, fan va ilmiy almashinuv yo‘nalishlarida faol hamkorlik olib borilmoqda. Xususan, Germaniyaning dunyo miqyosidagi eng nufuzli universitetlari – Darmshtadt texnika universiteti, Friyedrich Shiller nomidagi Yena universiteti, Berlin Humboldt universiteti, Haydelberg, Mannhaym va Regensburg universitetlari bilan hamkorlik aloqalari kengaytirilmoqda. Mazkur universitetlar bilan talabalar almashinuvi, ta’lim eksporti, qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, hamkorlikda ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish bo‘yicha memorandumlar imzolanmoqda. Mazkur yo‘nalishdagi muvaffaqiyatli natijalarni universitetning nemis va fransuz tillari kafedrasi faoliyati misolida ham ko‘rish mumkin. 

Kafedra dotsenti Z. Abdullayev Regensburg universitetida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Kafedra dotsenti Q. Kahhorov Darshtadt texnika universitetida fan doktori (DSc) dissertatsiyasi doirasida bir oylik ilmiy stajirovkani yakunlagan. Kafedra professori M. Kahhorova esa 2025 yil 26-iyuldan 2-avgustgacha bo‘lib o‘tadigan butunjahon nemis tili o‘qituvchilarining XVIII xalqaro kongressida (IDT 2025) ishtirok etishga taklif etilgan. Shuningdek, dotsent N. Merganova hozirda Mannhaym ilmiy tadqiqot institutida fan doktori dissertatsiyasi doirasida izlanishlar olib bormoqda. Kafedraning deyarli barcha o‘qituvchilari Germaniyada malaka oshirish orqali o‘z pedagogik salohiyatini oshirib, ta’lim sifati va samaradorligini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqishga munosib hissa qo‘shmoqda. Ayni paytda kafedraning 50 dan ortiq sobiq talabasi va magistrlari Germaniyaning nufuzli oliygohlarida bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida tahsil olmoqda. Ulardan O. Karimjonova esa O‘rta Osiyo mintaqasida ikkinchi bo‘lib, Hans Seidel fondi stipendiyasini qo‘lga kiritgan. Hozirda Friedrich Schiller universitetining magistratura bosqichida tahsil olmoqda.

So‘nggi ikki yilda universitet Germaniyadagi VIA e.V (Germaniya talabalarining xorijda amaliyot o‘tashi markazi) tashkiloti bilan memorandum imzolagan bo‘lib, shu asosda hozirgacha o‘n nafar nemis talabalari kafedrada amaliyot o‘tab kelmoqda. Bundan tashqari, Germaniyaning Goethe instituti va Germaniya Akademik Almashinuv Xizmati (DAAD) bilan hamkorlik memorandumlari imzolangan. Bugungi Germaniyaga amaliy tashrifimiz, o‘ylaymanki, ta’lim sohasidagi hamkorligimizni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Ayniqsa, Berlindagi nufuzli Niderrayn Amaliy Fanlar universiteti bilan hamkorlikda Farg‘ona davlat universitetida yangi ta’lim yo‘nalishi ochish, qo‘shma ta’lim va talaba almashinuv dasturlari, hamkorlikda laboratoriya tashkil etish bo‘yicha kelishuvlar natijasida tolani qayta ishlashdan tortib, tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayonni innovatsion texnologiyalar yordamida olib borilishi yurtimizdagi to‘qimachilik sanoati rivojiga muhim ahamiyat kasb etadi.

Berlin Texnika va Iqtisodiyot universiteti bilan o‘tkazilgan muzokaralar ham ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturi yaratish, turli grant loyihalarida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va Erasmus+ dasturlari doirasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlar bilan yakunlandi. Bu hamkorliklar Farg‘ona davlat universitetining xalqaro nufuzini oshirib, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Delegatsiyaning Erfurt shahrida joylashgan “Erfurt Bildungszentrum” (EBZ) kasbiy ta’lim va qayta tayyorlash markazi faoliyati bilan tanishishi alohida e’tiborga loyiq. Bu tashrif farg‘onalik yoshlarni Germaniyada mehnat qilish imkoniyatini beruvchi kasbiy tayyorgarlikdan o‘tkazish bo‘yicha istiqbolli rejalarni yuzaga keltirdi. Zamonaviy talablarga javob beruvchi kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yoshlarning Germaniyada ish topishi, nafaqat ularning shaxsiy rivojlanishiga, balki O‘zbekistonga valyuta mablag‘larining kirib kelishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 

Frankfurt-Mayn shahrida viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning Germaniyadagi vatandoshlar bilan uchrashuvi ham tashrifning muhim qismi bo‘ldi. Bunday uchrashuvlar xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash, ularning imkoniyatlaridan O‘zbekiston rivoji yo‘lida foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyatga ega. Boisi, vatandoshlarimiz o‘z bilim va tajribalari bilan Farg‘onaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga hissa qo‘shishlari mumkin. Shu bilan birga Berlin shahrida yuzdan ortiq farg‘onalik va nemis ishbilarmon doira vakillari ishtirokida o‘tkazilgan Farg‘ona-Germaniya biznes forumi O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilib, strategik sheriklik darajasiga yetganini yana bir bor amalda isbotladi. 

Forumda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Dilshod Ahatov va Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan Germaniya O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi eng muhim iqtisodiy hamkorlaridan biri ekanligi e’tirof etildi.  Viloyatimiz neft-gaz, to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi, turizm, ayniqsa, IT sohasida katta salohiyatga egaligi, yer va mehnat resurslari, rivojlangan infratuzilma, eksport bozorlariga yaqinlik va barqaror siyosiy muhit kabi  muhim investitsiyaviy imkoniyatlar keltirib o‘tildi. 

Forumda ikki mamlakat ishbilarmonlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, sanoat, ta’lim, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika va kasb-hunarga o‘qitish sohalarida istiqbolli loyihalar muhokama qilindi. Albatta, bu kelishuvlar ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash, o‘zaro savdo va qo‘shma sarmoyalarni kengaytirish uchun muhim platforma bo‘ldi.

Xulosa o‘rnida ta’kidlash kerakki, Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikning yangi pog‘onaga ko‘tarilishi ikki davlat xalqlari farovonligiga xizmat qiladi. Shuningdek, ta’limdagi tub burilishlar, xalqaro aloqalarning yo‘lga qo‘yilayotgani, yoshlarimizni dunyo tillarini o‘rganishga rag‘batlantiradi, top universitetlarda o‘qishga qiziqishni kuchaytiradi, bu esa Yangi O‘zbekiston poydevorining mustahkam zaminga qurilayotganidan dalolat beradi.

Bahodir Shermuhammadov, 

Farg‘ona Davlat universiteti rektori, 

pedagogika fanlari doktori, professor.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘ona va Germaniya oliy o‘quv yurtlari hamkorligi yangi bosqichda